OKMK ikkita xalqaro sertifikatga ega bo‘ldi

Foto: OKMK Axborot xizmati
Joriy yilning 19 iyun kuni Olmaliq kon-metallurgiya kombinati «Cert International» xalqaro sertifikatlash tashkiloti tomonidan taqdim etilgan ikkita sertifikatni qo‘lga kiritdi.
Birinchisi xalqaro standart - ISO 14001:2015 ekologik menejment tizimiga, ikkinchi sertifikat Sog‘liqni muhofaza qilish va xavfsiz mehnatni ta’minlash menejment tizimi - ISO 45001:2018 xalqaro standartiga berildi.
Sertifikatlarni xalqaro sertifikatlash agentligi «Cert International» MChJ direktori Marat Xabibulin OKMK boshqaruvi raisi Abdulla Xursanovga topshirdi.
Muqaddam, OKMKda har ikki yo‘nalishda «Cert International» xalqaro sertifikatlash tashkilotining auditorlari tomonidan xalqaro standartga muvofiqligi yuzasidan xalqaro sertifikatlash auditi o‘tkazildi va audit yakunlari bo‘yicha xalqaro sertifikatlar taqdim etilishi to‘g‘risida qaror qabul qilingan edi.
E’tiborlisi, ushbu sertifikatlarga kombinatda ekologik menejment tizimi xalqaro standart talablarini hamda Sog‘liqni muhofaza qilish va xavfsiz mehnatni ta’minlash menejment tizimini joriy etish bo‘yicha samarali ishlar amalga oshirilishi natijasida erishilganini alohida qayd etish joiz.
Bugungi kunda Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida ishlab chiqarish jarayonini to‘xtatmagan holda mavjud uskunalarni rekonstruksiya va modernizatsiya qilish, ishlab chiqarish salohiyatini deyarli ikki baravarga oshirish, yillik belgilangan rejalarni ortig‘i bilan bajarish, shu bilan birga ekologik xavfsizlik choralarini ko‘rish bosh maqsad sanaladi.
Asosiysi, mazkur ISO 14001:2015 hamda ISO 45001:2018 xalqaro standartiga sertifikatlari kombinat faoliyatida eng avvalo inson omili, uning sog‘ligi, xavfsizligi, tabiiy resurslardan samarali foydalanish va atrof-muhit muhofazasi borasida mas’uliyatni his etishini ko‘rsatadi. Shuningdek, bu xalqaro sertifikatlar kombinatda boshqaruv tizimlari to‘g‘ri tashkil etilgani va korxonaning barqaror faoliyat yuritishini bildiradi.
OKMK axborot xizmati
Tavsiya etamiz
Orol dengizining qurigan tubi yildan yilga ko‘tarilib borayotgani aniqlandi
O‘zbekiston | 19:14 / 18.04.2025
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Fuqarolik kodeksiga faktoring to‘g‘risidagi qoidalar kiritildi
O‘zbekiston | 15:59
-
Xitoy AQShdan suyultirilgan tabiiy gaz sotib olishni to‘xtatdi
Jahon | 15:22
-
“Birgina videosi YouTube’da 35 mln marta tomosha qilingan” - qo‘shtepalik yosh muhandis bunga qanday erishmoqda?
Jamiyat | 15:15
-
Ichki bozorda raqobat muhiti rivojlantiriladi
O‘zbekiston | 14:53
Mavzuga oid

12:00 / 26.02.2025
OKMKda yangi ohak zavodi qurilishiga start berildi

13:54 / 12.12.2024
Gazprombankka qarshi sanksiyalar O‘zbekiston mis sanoati rivojini xavf ostiga qo‘yadi - The Diplomat

17:30 / 11.12.2024
OKMKda investitsiya loyihalari ishga tushirilmoqda: kombinatning yangi bosqichi va kelajagi haqida ma’lumot berildi

21:47 / 20.11.2024