«Buni qanday qilib yodlayman?» — har bir yangi kitob varaqlanishi oldidan maktab bitiruvchilari va talaba bo‘lishni istagan barcha yoshlar bu savolni takrorlab turishadi. «Qanday qilib o‘zimni qo‘lga olishim va hayajonlanmasligim mumkin?», «Javobni umuman eslay olmasam nima qilaman?» Quyida shu kabi savollar va ortiqcha kuch sarflamasdan imtihonni omadli o‘tkazishga oid tavsiyalar bilan tanishtiramiz.
Imtihon oldi mashg‘ulotlar va sinovlar boshlanayotgan paytdagi asabiy taranglik barchani qamrab oladi. Imtihon kunlari ham yetib keldi. Qanday qilib muvaffaqiyatli topshirish mumkin? Test sinovlarining bezovtali kunlarini natija va sog‘liqqa maksimal darajada foydali va hattoki xushchaqchaqlik bilan o‘tkazish mumkinmi?
Quyida eng keng tarqalgan 4 «qoida» va ularga kognitiv psixoterapevtning izohlari.
1. Eng oxirgi kun iloji boricha ko‘proq ma'lumot bilan tanishib chiqish kerak. Qisqa muddatli xotira ularni eslab qoladi va ertangi imtihonda qo‘l keladi
Ushbu strategiya matematik tafakkurga ega, xotirasi yaxshi va mantiqiy fikrlay oladiganlarga mos kelishi mumkin. Biroq umumiy olib qaraganda juda foydali usul hisoblanmaydi. Nima bo‘lganda ham xotiramiz hajmi chegaralangan va afsuski u bizning to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatmalarimizga bo‘ysunmaydi.
Agar kun davomida to‘liq 24 soat miyani yangi ma'lumotlar bilan to‘ldirishda davom etilsa, xotiraga haddan tashqari ko‘p yuk tushadi va imtihon vaqtida u siz bilan yomon hazil qila boshlaydi. Oxirgi daqiqada «o‘rganilgan» bilimlar kerakli vaqtda yodda kelmasligi mumkin. Savollarni o‘qiysiz va ... hech narsani eslay olmaysiz. Yoki raqamlar, yillar va formulalarni chalkashtira boshlaysiz.
Imtihonni kutilgan natijaga topshirish uchun boshidanoq qizib turgan bo‘lmaslik kerak. Agar o‘quvchi bilimlarni egallashga o‘ta ko‘p quvvatini sarflab yuborsa, sinov davrida na hissiy va na aqliy kuchga ega holatda keladi. Shuning uchun eng yaxshisi kuniga 3-4 soat shug‘ullanish kerak, nafaqat yangi ma'lumotlar bilan tanishish balki avvalgi egallanganlarini takrorlab turish ham tavsiya etiladi.
2. Imtihon oldi so‘nggi kunda tayyorlanishni mutlaqo to‘xtatish zarur: miya ozroq «sovisin»
Agar o‘quvchi yil davomida to‘liq shug‘ullanib bo‘lgan bo‘lsa, bu yomon fikr emas. Xuddi shuningdek ikki-uch oy oldin har bir mavzuga oid 20-30 o‘xshash misollarni bajargan bo‘lsa, u allaqachon yechimni qanday topish mahoratini o‘zida shakllantirgan va takrorlab o‘tirishga hojat yo‘q.















