
Prezident matbuot xizmatining ma'lum qilişiça, bu boradagi reja 2017 yil 3 fevral kuni mazkur boğga taşrif çoğida belgilangan. Öşa yili 18 aprelda davlat rahbarining tegişli qarori qabul qilinib, xiyobonning me'moriy-ğoyaviy loyihasi işlab çiqilgan.
«Ötgan vaqt mobaynida quriliş va obodonlaştiriş işlari amalga oşirilib, 8 gektardan ziyod maydonda Adiblar xiyobonining yaxlit me'moriy ansambli yaratildi.
Ilgari bu yerda sanoqli adiblarimizning haykallari bor edi. Göyoki, Alişer Navoiydan söng iste'dodli şoirlar yetişib çiqmaganday taassurot paydo bölardi.
Şu bois Adiblar xiyobonini ğoyaviy-badiiy jihatdan yanada boyitiş maqsadida Bobur, Ogahiy, Berdaq, Muqimiy, Furqat, Behbudiy, Avloniy, Çölpon, Qodiriy, Tölepbergen Qayipbergenov, Ibroyim Yusupov, Aleksandr Faynberg singari atoqli namoyandalar xotirasiga bağişlangan yangi yodgorlik majmualari ham yaratildi.
Hazrat Navoiy bobomizning muhtaşam haykali atrofida 20dan ziyod atoqli şoir va adiblarning haykallari yaxlit me'moriy va badiiy kompozitsiyada, mantiqiy yeçim asosida joylaştirildi. Şu yerda Yozuvçilar uyuşmasi uçun bino barpo etilgani ham hamohanglik kasb etdi.
Davlatimiz rahbari bu yerga taşrif buyurib, Alişer Navoiy haykali poyiga gul qöydi. Xiyobonda amalga oşirilgan işlar va yaratilgan şaroitlarni közdan keçirdi.

Yozuvçi va şoirlar, ziyolilar bilan uçraşuvda milliy adabiyotimizni rivojlantirişga qaratilayotgan e'tibor, galdagi muhim vazifalar haqida söz bordi.
– Adabiyot xalqning yuragi, elning ma'naviyatini körsatadi. Bugungi murakkab zamonda odamlar qalbiga yöl topiş, ularni ezgu maqsadlarga ilhomlantirişda adabiyotning ta'sirçan kuçidan foydalaniş kerak. Ajdodlar merosini örganiş, buyuk madaniyatimizga munosib buyuk adabiyot yaratiş uçun hamma şaroitlarni yaratamiz, – dedi Şavkat Mirziyoyev.

Yurtimizda ijodkorlarning asarlari doimiy ravişda çop etilyapti. Endi ularni dunyoga olib çiqiş kerakligi ta'kidlandi.
Masalan, Alişer Navoiy, Mirzo Bobur, Abdulla Qodiriy, Çölpon singari ijodkorlarning asarlari xorijiy tillarda naşr etilmoqda. Lekin bu işlar tarjimonlarning öz taşabbusi va qiziqişi bilan bölyapti.


























