Foto: 2021 yil Özbekistonda umumiy siğimi 43 mingdan ortiq bölgan 13ta markaziy masjid oçiladi
|22:29 / 09.01.202123 8315 min
Özbekiston musulmonlari idorasi Masjidlar bölimi ma'lum qilişiça, respublikada sönggi uç yilda 256ta masjid qaytadan qurilib, 308tasi kapital ta'mirlandi.
Qayd etilişiça, ayni paytda 218ta masjid butunlay yangi loyiha asosida qaytadan qurilmoqda. Ularning bir qismi şu yili bitkazilib, mömin-musulmonlarni öz bağriga çorlaydi.
Musulmonlar idorasi ma'lumotlariga köra, 2021 yilda quyidagi markaziy masjidlar foydalanişga topşiriladi.
1. "Xonobod" masjidi
Manzil: Toşkent viloyati Ohangaron şahri
Siğimi: 4000 kişi
Me'moriy uslubi: Eklektika
Foydalanişga topşiriliş vaqti: 2021 yil avgust oyi
Qöşimça imkoniyatlari: anjumanlar zali, ayollar uçun tahoratxona va namozxona.
2. "Akbarali ota" masjidi
Manzil: Sirdaryo viloyati Guliston tumani
Siğimi: 1500 kişi
Me'moriy uslubi: sakkiz burçak
Foydalanişga topşiriş vaqti: 2021 yil aprel (Ramazon) oyi
Qöşimça imkoniyatlari: kutubxona, keng avtoturargoh
3. "Xoji Abdulloh al Ansoriy" masjidi
Manzil: Farğona viloyati Oltiariq tumani
Siğimi: 2000 kişi
Me'moriy uslubi: Eklektika
Mavzuga oid
Foydalanişga topşiriş vaqti: 2021 yil dekabr oyi
Qöşimça imkoniyatlari: uç tomonlama kiriş yöli, keng avtoturargoh
4. "Qoraşbuva" masjidi
Manzil: Farğona viloyati Qöştepa tumani
Siğimi: 1500 kişi
Me'moriy uslubi: Yangi klassika
Foydalanişga topşiriş vaqti: 2021 yil sentabr oyi
5. "Ötovli Eşon" masjidi
Manzil: Xorazm viloyati Tuproqqal'a tumani
Siğimi: 250 kişi
Me'moriy uslubi: an'anaviy-tarixiy
Foydalanişga topşiriş vaqti: 2021 yil may oyi (Ramazon hayiti)
6. "Devonaboy" masjidi
Manzil: Andijon viloyati Andijon şahri
Siğimi: 15000 kişi
Me'moriy uslubi: an'anaviy-tarixiy
Foydalanişga topşiriş muddati: 2021 yil Aprel (Ramazon) oyi
7. "Abdulhamid qori" masjidi
Manzil: Andijon viloyati viloyati Xonobod şahri
Siğimi: 3000 kişi
Me'moriy uslubi: an'anaviy-milliy
Foydalanişga topşiriş vaqti: 2021 yil sentabr oyi
Qöşimça imkoniyatlari: ayollar uçun tahoratxona va namozxona
8. "Sarimozor" masjidi
Manzili: Surxondaryo viloyati Boysun tumani
Siğimi: 5000 kişi
Me'moriy uslubi: Eklektika
Foydalanişga topşiriş vaqti: 2021 yil avgust oyi
Qöşimça imkoniyatlari: anjumanlar zali, oşxona, ayollar uçun tahoratxona va namozxona
9. "Qiliçbek Qörğonça" masjidi
Manzil: Qaşqadaryo viloyati Qarşi şahri
Siğimi: 1800 kişi
Me'moriy uslubi: Eklektika
Foydalanişga topşiriş vaqti: 2021 yil dekabr oyi
Qöşimça imkoniyatlari: kutubxona, kitob dökoni.
10. "Boymoqli" masjidi
Manzil: Jizzax viloyati Zomin tumani
Siğimi: 860 kişi
Me'moriy uslubi: Sakkiz burçak
Foydalanişga topşiriş vaqti: 2021 yil avgust oyi.
Qöşimça imkoniyatlari: anjumanlar zali, kutubxona, ayollar uçun alohida tahoratxona va namozxona.
11. "Dilkuşo" masjidi
Manzil: Buxoro viloyati Buxoro şahri
Siğimi: 2000 kişi
Me'moriy uslubi: tarixiy-an'anaviy
Foydalanişga topşiriş vaqti: 2021 yil mart oyi
Qöşimça imkoniyatlari: Yirik kutubxona, 2 kişilik dam oliş xonasi (mehmonxona), ayollar uçun namozxona
12. "Siroj solih" masjidi
Manzil: Toşkent şahar Olmazor tumani
Siğimi: 4000 kişi
Me'moriy uslubi: Eklektika
Foydalanişga topşiriş vaqti: 2021 yil aprel (Ramazon) oyi
Qöşimça imkoniyatlari: anjumanlar zali, veb-sayt faoliyati uçun videostudiya
13. "Kulol qörğon" masjidi
Manzil: Toşkent şahar Yunusobod tumani
Siğimi: 3500 kişi
Me'moriy uslubi: Eklektika
Foydalanişga topşiriş vaqti: 2021 yil aprel (Ramazon) oyi
Qöşimça imkoniyatlari: sartaroşxona, 30-35 siğimli içki avtoturargoh (“parkovka”), kitob dökoni, ayollar uçun tahoratxona va namozxona
“Ta'kidlaş kerakki, bu işlar saxovatpeşa insonlar, mehnatsevar xalqimizning haşari bilan bölmoqda. Muxlis elimiz qayerdaki masjid qurilişi haqida darak topsa, “Allohning uyini obod etişga men ham hissamni qöşsam”, degan ilinjda baholiqudrat xizmatga bel boğlamoqdalar, ijtimoiy tarmoqlarda dalolat qilmoqdalar. Sizçi, aziz vatandoş, çetda qolib ketmadingizmi? Bordi-yu şunday bölsa, imkoniyat bor, fursat bor. Kimnidir emas, olamlar Robbisining xizmatiga sizni taklif etamiz,” – deyiladi idora xabarida.