Hokimliklarning qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar bo‘yicha vakolatlaridan biri bekor qilindi
Yerdan boshqa maqsadlarda foydalanilganda kadastr organlari yer egasini xabardor qilgan holda sudga ariza kiritishi mumkin.
Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan amaldagi 20 dan ziyod qonun, jumladan 4 ta kodeksga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.
“Huquqiy axborot” kanalining xabar berishicha, Yer kodeksiga kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra, hokimliklarning qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni ijaraga berish bo‘yicha ochiq elektron tanlov yakunlarini tasdiqlash vakolati chiqarib tashlandi.
Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatiga olinganligi to‘g‘risida Ko‘chmas mulk obektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridan elektron ko‘chirma beriladi (ilgari guvohnoma).
Yer uchastkasidan belgilanganidan boshqa maqsadlarda foydalanilganida Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi organlari yer egasini yoki yerdan foydalanuvchini oldindan xabardor qilgandan keyin yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni bekor qilish haqida sudga da’vo arizasi kiritishi belgilandi.
Bo‘sh turgan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari fermer xo‘jaligini yuritish uchun ochiq elektron tanlov orqali beriladi (ilgari ochiq tanlov asosida).
Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun fuqarolarga yer uchastkalarini berish tartibi fuqarolarga yakka tartibdagi bog‘dorchilik, polizchilik va chorvachilik uchun yer uchastkalarini ajratishga nisbatan ham tatbiq etiladi.
“Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, nogironligi bo‘lgan shaxslarning va o‘z tarkibida nogironligi bo‘lgan shaxs bor oilalarning elektron onlayn-auksionlar vositasida yer uchastkalarini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlari Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda qoplanadi.
Tavsiya etamiz
Kim g‘olib: Isroil yoki Hamas?
Jahon | 19:31 / 17.01.2025
Koreyslar Kurskda shiddat bilan urushmoqda. Nega?
Jahon | 23:55 / 16.01.2025
2024 yilda UzAuto Motorsʼning O‘zbekiston bozoridagi ulushi 88 foizga yetdi
O‘zbekiston | 14:22 / 16.01.2025
«Tashabbusli budjet»ga ayrim o‘zgarishlar kiritildi
O‘zbekiston | 13:13 / 16.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Nigeriyada benzovoz portlashi oqibatida 70 ga yaqin inson halok bo‘ldi
Jahon | 01:47
-
Shavkat Mirziyoyev «Manchester Siti» egalari bilan Abduqodir Husanov haqida suhbatlashdi
Sport | 00:50
-
Sud Janubiy Koreyaning hokimiyatdan chetlatilgan prezidentini hibsda qoldirishga order berdi
Jahon | 00:28
-
Toshkent metrosida 19 yoshli yigit o‘zini poyezd tagiga tashladi
O‘zbekiston | 23:20 / 18.01.2025
Mavzuga oid
11:46 / 16.01.2025
Yerlar toifasini o‘zgartirish tartibi belgilandi
11:18 / 16.01.2025
Yer uchastkalarini ijaraga berish tartibi takomillashtirildi
07:43 / 16.01.2025
11,5 gektar yerni 32 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
15:57 / 11.01.2025