Bugun, 12 avgust kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarning eksport salohiyatini oşiriş va ulardan samarali foydalaniş, investitsiyalarni, avvalo, töğridan-töğri xorijiy investitsiyalarni jalb qiliş va özlaştiriş, işlab çiqarişni mahalliylaştiriş kölamini kengaytiriş masalalariga bağişlangan videoselektor yiğilişi ötkazildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

“Davlatimiz rahbari bu masalalarga alohida e'tibor qaratib, doimiy muhokama qilib bormoqda. Uşbu sohalarga doir hujjatlar qabul qilinib, zarur şart-şaroitlar yaratilmoqda. Xususan, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 20 dekabrdagi “Eksportga kömaklaşiş va uni rağbatlantirişni kuçaytiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qaroriga muvofiq, Eksportni qöllab-quvvatlaş milliy tizimi yaratildi. Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi huzurida Eksportni rağbatlantiriş agentligi taşkil etildi. Şuningdek, 205 nomdagi tovarlarni eksport qilişda transport xarajatlarining 50 foizini qoplab beriş yölga qöyildi. Bunday real, amaliy çora-tadbirlar albatta öz natijasini bermoqda. Eksport bilan şuğullanadigan sub'yektlar safiga 2 mingta yangi korxona qöşildi, eksport geografiyasi 42 ta davlatga kengaydi, 59 turdagi mahsulot birinçi marta eksportga yönaltirildi. Joriy yilning yetti oyida tovarlar va xizmatlar eksporti 7 milliard 331 million dollarni taşkil etgan, bu ötgan yilning şu davriga nisbatan 23 foiz köpdir”, deyiladi xabarda.. 

Yiğilişda “Öztöqimaçiliksanoati” uyuşmasi, “Özbekoziqovqatxolding” kompaniyasi hamda Toşkent şahri, Farğona, Andijon va Toşkent viloyatlarida eksportni köpaytiriş böyiça mavjud imkoniyatlardan töliq foydalanilmayotgani körsatib ötildi. Mutasaddi rahbarlar eksportyorlarning muammolari bilan tizimli şuğullanmayotgani, davlat tomonidan yaratilgan imkoniyatlarni tadbirkorlarga yetkazib, ularning taşqi bozorga çiqişiga kömaklaşmayotgani tanqid qilindi. 

Investitsiyalar va taşqi savdo vaziri boşçiligida taşkil etilgan Hududlar va tarmoqlarning eksport salohiyatini oşiriş böyiça Respublika komissiyasi korxonalar vakillari va tadbirkorlar bilan uçraşuvlar ötkazib, ularni eksport faoliyatiga jalb etişi, bu boradagi muammolarini hal etiş, xalqaro standartlarni joriy qiliş va sertifikatsiyadan ötkaziş böyiça yordam berişi zarurligi ta'kidlandi. 

– Eksport imkoniyatlarimiz köp. Xususan, paxta tolasi va meva-sabzavotni qayta işlab, eksportbop mahsulotlar çiqariş mamlakatimizning rivojlaniş nuqtalaridan biri bölişi kerak. Şu orqali eksportni köpaytiramiz va yangi iş örinlariga ega bölamiz, – dedi Şavkat Mirziyoyev.