Ikki Haram atrofidagi xavotirlar: Madinada dron quladi, Makkada esa vahima tarqatgan şaxs uşlandi
|16:13 / 02.10.202613 6069 min
Saudiya Arabistonidan joylaşgan Islom olamining ikki muqaddas şahri – Makka va Madina sönggi kunlarda xavfsizlik bilan boğliq xabarlar sabab eʼtibor markaziga tuşdi.
Makkada “xudkuş” hodisasi
Makkadagi voqea 1-oktabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda tez tarqalgan video va undagi daʼvolardan boşlandi. Anadolu agentligining yozişiça, uşbu postlarda portlovçi kamar taqqan gumondor Masjidul Harom markazidagi Kaʼbaga yaqinlaşgani va xavfsizlik xodimlari uni qölga olgani aytilgan. Ayrim sahifalar esa “Masjidul Haromda xudkuş hujumning oldi olindi“, deb yozgan.
Bunga javoban Saudiya Içki işlar vazirligi huzuridagi Jamoat xavfsizligi boşqarmasi qisqa bayonot va video eʼlon qildi. Unda “muqaddas poytaxtdagi xavfsizlik idoralari ötkinçilarni bezovta qilgan va ular orasida qörquv hamda vahima tarqatgan şaxsni qölga oldi, öşa zahoti çoralar körildi“, deyiladi. Saudiya rasmiylariga köra, uning işi prokuraturaga oşirilgan.
Boşqarma bayonotida, şuningdek, “voqea yuzasidan tarqatilayotgan daʼvolarda heç qanday haqiqat yöq”, deya taʼkidlangan va odamlar maʼlumotni faqat rasmiy manbalardan olişga çaqirilgan.
Rasmiy bayonotda bir qança masalalarga izoh berilmagan. Xususan, qölga olingan şaxsning kimligi va fuqaroligi oçiqlanmagan. Bundan taşqari, voqea aynan Masjidul Harom içida yoki şaharning boşqa qismida sodir bölgani ham aniq körsatilmagan. Rasmiy bayonotda faqat “muqaddas poytaxt“, yaʼni Makka şahri tilga olingan. Şuningdek, rasmiylar bu hibsni husiylar yoki boşqa biror guruh bilan boğlamagan.
RT Arabic telekanalining yozişiça, ijtimoiy tarmoqlarda “xudkuş” videosi sifatida tarqatilgan lavha feyk – u boşqa, 2017-yilgi voqeaga tegişli.
Madinada esa dron hujumi
1-oktabr kuni Madinadagi voqea haqida rasmiy ayblov eʼlon qilindi. Saudiya boşçiligidagi koalitsiya rasmiy vakili general-mayor Turki al-Malikiy husiylar Madinadagi “Toyba“ elektr taqsimlaş stansiyasiga dron bilan hujum qilganini maʼlum qildi.
Mavzuga oid
Al-Malikiyning aytişiça, hujum 29-sentabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 05:11 da sodir bölgan.
Reuters'ning koalitsiyaga tayanib yozişiça, mazkur fuqarolik obyekti Masjidun Nabaviyni elektr energiyasi bilan taʼminlaydi. Dron zarbasi natijasida bitta transformator işdan çiqqan, biroq umumiy elektr tarmoğiga taʼsir qilmagan.
Foto: SPA / Reuters
Hujum seşanba kuni sodir bölgan bölsa-da, u haqda faqat ikki kundan keyin rasman maʼlum qilindi. Al-Malikiyning sözlariga köra, vakolatli idoralar operativ tahlil ötkazib, dron qoldiqlarini örgangan va husiylarning hujumni rejalaştiriş hamda amalga oşirişda bevosita iştirok etganini aniqlagan. Saudiya davlat axborot agentligi stansiyaga yetkazilgan zarar va dron qoldiqlari aks etgan suratlarni tarqatdi.
Foto: SPA / Reuters
Rasmiy vakil hujumni keskin baholadi. “Masjidun Nabaviyni elektr bilan taʼminlovçi fuqarolik obyektini nişonga olgan bu qörqoqona terrorçilik harakati mazkur ekstremistik guruhning Ikki muqaddas Haramni nişonga olişga urinişlarining davomidir“, dedi u.
Koalitsiya bayonotida, şuningdek, husiylar Makka va Madinaga hujumlar orqali butun dunyo musulmonlarining tuyğularini qözğaşga urinayotgani aytiladi. Koalitsiya muqaddas joylar va ziyoratçilar xavfsizligini taʼminlaş çoralarini davom ettirişini maʼlum qildi.
Husiylar: “Bu – yolğon va tuhmat”
Husiylar Madinadagi hujumga aloqadorlikni qatʼiyan rad etdi va koalitsiya ayblovini siyosiy maqsadda öylab topilgan daʼvo sifatida baholadi. Reuters agentligining yozişiça, husiylarning pozitsiyasi 1-oktabr kuni ular nazoratidagi Saba agentligi orqali harbiy manba tilidan eʼlon qilingan.
Manbaning aytişiça, Saudiya tarqatayotgan daʼvolar “yamanliklarga qarşi qaratilgan, heç qanday asosi yöq yolğon va katta tuhmat“dir. U bu ayblovni Ar-Riyodning avvalroq Makkani nişonga oliş haqidagi “yolğonini“ isbotlay olmaganini yaşirişga uriniş deb atadi.
Bayonot ogohlantiriş bilan yakunlandi. Manbaning sözlariga köra, “Yaman qurolli kuçlari“ bu tuhmatga jim qaramaydi va “soxta ayblovlarga javob beriş huquqini“ özida saqlab qoladi. Husiylar öz qurolli tuzilmalarini aynan şu nom bilan ataydi.
Bu husiylarning sönggi haftalardagi muqaddas qadamjolarga hujum böyiça ikkinçi raddiyasi böldi. Sentabr örtalarida Saudiya boşçiligidagi koalitsiya Makka yaqinida dron urib tuşirilganini daʼvo qilgandi.
Öşanda ham husiylarning harbiy manbasi “Yamandan Makka şahri yoki boşqa biror muqaddas joyga qaratilgan har qanday tahdid borligini qatʼiyan rad etamiz“, degan va Saudiya bayonotlarini “dezinformatsiya“ deb atagandi. Husiylar öz hujumlari muqaddas şahardan “juda uzoqda“ joylaşgan Saudiya neft obyektlari va harbiy bazalariga qaratilganini aytgan.
Musulmon dunyosining munosabati
Madinada dron hujumiga doir ayblov eʼlon qilinişi bilan qator davlatlar va taşkilotlar hujumni qoraladi. Ularning aksariyati koalitsiya talqiniga tayangan holda husiylarni aybladi.
Fors körfazi arab davlatlari hamkorlik kengaşi Boş kotibi Josim al-Budayviy hujum “barça qizil çiziqlarni bosib ötdi“, dedi. Uning sözlariga köra, hujum dunyo musulmonlari tuyğularini oçiqçasiga qözğatdi va muqaddas joylar daxlsizligini buzişda jiddiy eskalatsiya böldi.
Qatar ham hujumni Islom olamining muqaddas joylari daxlsizligiga qarşi oğir tajovuz, Saudiya suvereniteti va xalqaro huquqning buzilişi deb atadi. Şuningdek, Doha Ar-Riyodga töliq birdamlik bildirdi. Arab davlatlari ligasi hujumni “qabul qilib bölmaydigan tajovuz“ va xavfli eskalatsiya deb baholab, u butun dunyo musulmonlarining tuyğularini qözğatişini bildirdi.
Saudiya, Turkiya va Pokiston yetakçilari avgustda Makka paktini imzolagandi / Foto: AP
Saudiyaning ittifoqçisi Pokiston esa hujumni “jiddiy provokatsiya“ deb atadi, Ikki muqaddas Haram daxlsizligi va ziyoratçilar xavfsizligi har qanday şaroitda hurmat qilinişi kerakligini taʼkidladi.
Yana bir ittifoqçi Turkiya “Saudiya suvereniteti va xavfsizligiga tahdid soluvçi, islom olamining muqaddas qadriyatlarini nişonga olgan bu provokatsion hujumlar darhol va sözsiz töxtatilişi kerak“, deya bayonot berdi.
Bundan taşqari, Kuvayt, Bahrayn, Misr, Islom hamkorlik taşkiloti, Musulmon olami ligasi, Arab parlamenti va Ikki Haram işlari boşqarmasi ham qoralovçi bayonot berdi.
Sönggi zarbalar va mojaro foni
Madina böyiça ayblov eʼlon qilingan kunning özidayoq janglar har ikki tomonda yana kuçaydi. 1-oktabr keçqurun husiylar nazoratidagi Sanoda kuçli portlaşlar eşitildi. Yamanning xalqaro tan olingan hukumatiga sodiq kuçlar Sanoda va boşqa hududlarda “yuqori ahamiyatga ega nişonlar“ga havo hujumi uyuştirganini maʼlum qildi. Husiylar esa buni “Saudiya tajovuzi“ deb atab, tinç aholi ham zarar körganini daʼvo qildi.
Koalitsiya şundan söng husiylarning ballistik raketa va dronlari tutib qolinganini bildirdi. Lekin qurbonlar va zarar haqida maʼlumot berilmadi.
Makka va Madina atrofidagi voqealar Saudiya bilan husiylar örtasidagi, 2014-yilda boşlangan uruşning şu yilgi keskin qayta alangalanişi fonida yuz bermoqda. 2022-yil aprelida BMT vositaçiligida tuzilgan sulh hujumlarni deyarli töxtatgan bölsa-da, Saudiya husiylar nazoratidagi portlar va Sano aeroportiga nisbatan çeklovlarni saqlab qoldi. Husiylar esa buni “qamal“ deb atab keldi. 2026-yil fevralida AQŞ va Isroil Eronga hujum qilgaç, Tehron Hörmuz böğozidagi kemalar qatnovini keskin çekladi. Saudiya nefti uçun Şarq–Ğarb quvuri hamda Bob al-Mandab böğozi hal qiluvçi yölakka aylandi.
Sano aeroportiga hujum / Videodan lavha
Bevosita buriliş iyul oyida yuz berdi. 13-iyulda Sano aeroportiga zarba berildi – Yamanning xalqaro tan olingan hukumati Eron samolyoti qönişining oldini oliş uçun buni özi qilganini aytdi. Husiylar esa Saudiyani aybladi va 20-iyulda qirollikka qarşi dengiz blokadasini eʼlon qildi. Sentabrda ular Bob al-Mandab yaqinidagi Haniş va Mayyun orollari egalladi va Saudiya tomon raketa va dron hujumlarini kuçaytirdi.
Diplomatik maydonda esa Saudiya ittifoqçilarga tayanişga urinmoqda. Biroq AQŞ hozirça bevosita aralaşişdan tiyilmoqda. Axios naşrining yozişiça, valiahd şahzoda Muhammad ibn Salmon prezident Trampdan husiylarga qarşi harbiy yordam söraganida rad javobini olgan. Avgustda Saudiya, Turkiya va Pokiston imzolagan Makka qöşma mudofaa kelişuvi esa amaliy sinovga duç kelmoqda.