Shavkat Mirziyoyev Abul-Mu'iyn an-Nasafiy ziyoratgohiga bordi
![](http://storage.kun.uz/source/2/51naJ0bfW_lZYTvJhk5Veo1XZyQJjSfF.jpg)
Foto: Prezident matbuot xizmati
XI asrda yashagan Abu Muin Nasafiy bobomiz aqida ilmining buyuk namoyondalaridan biri. Abu Mansur Moturidiy asos solgan moturidiya ta'limotining dunyoda keng miqyosda tarqalishida muhim rol o‘ynagan. Islom dini sofligini saqlash, aqidaparastlikka qarshi kurashishga qaratilgan ko‘plab ilmiy asarlar yozgan. Qarshi tumani Qovchin qishlog‘ida dafn etilgan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 24-25 fevral kunlari Qashqadaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida Abu Muin Nasafiy maqbarasini obod ziyoratgohga aylantirish, ziyoratchilarga zarur sharoitlar yaratish, bu maskanda kutubxona tashkil etish, buyuk olim asarlarini tarjima qilib, xalqimizga yetkazish bo‘yicha tavsiyalar bergan edi.
Shunga muvofiq bu yerda katta bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Aqida ilmi bo‘yicha maktab, kutubxona qurilmoqda, deb xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Davlat rahbari ulamolar bilan suhbatda buyuk bobokalonimiz asarlari bugungi kun uchun ham g‘oyat ahamiyatli ekani, ularni nashr qilib, mazmun-mohiyatini yosh avlodga yetkazish zarurligini ta'kidladi.
Mazkur ziyoratgohda Qur'oni karimning asl qo‘lyozma nusxasi saqlanmoqda. Bu kitob qadimgi Samarqand qog‘oziga bitilgan, xattotlik elementlari bilan bezatilgan. Shavkat Mirziyoyev bunday kitoblar xalqning bebaho merosi ekani, ularni asrab-avaylash kerakligini qayd etdi.
Tavsiya etamiz
Toshkent bozorlarida patta narxi oshadi. Savdogarlar nima deydi?
O‘zbekiston | 19:32 / 10.02.2025
Sertifikatga ega o‘zbek tili o‘qituvchilariga ham 50 foiz ustama beriladi
O‘zbekiston | 16:36 / 10.02.2025
Quyosh energiyasi orqali daromad olish: O‘zbekistonda quyosh panellari bilan biznes faoliyati
O‘zbekiston | 15:00 / 10.02.2025
Trampning o‘tmishdagi kumiri. Uilyam Mak-Kinli haqida nimalar ma’lum?
Jahon | 14:52 / 09.02.2025
So‘nggi yangiliklar
-
YeChL. «Bavariya» Glazgoda g‘alaba qozondi, «Milan» Rotterdamda yutqazdi, «Atalanta»da ham mag‘lubiyat
Sport | 03:12
-
Belarus uch nafar mahbusni ozod etdi. Ular orasida AQSh fuqarosi ham bor
Jahon | 02:27
-
Gretsiyada yangi prezident saylandi
Jahon | 01:46
-
Zelenskiy: Rossiya Belarusga 100 ming askar yuborishga tayyorlanmoqda
Jahon | 01:05
Mavzuga oid
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/11/4MlPYXlBbKtfTpKAZL7-etuC-LBDbBKb_medium.jpg)
19:39 / 12.02.2025
Qashqadaryoda ekskavator gaz quvuriga shikast yetkazishi oqibatida minglab xonadon gazsiz qoldi
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/11/nr1Dh_VnW1KEIaRgcF9_uYP3gYyzCSoa_medium.jpg)
10:51 / 10.02.2025
Qashqadaryoda surxondaryolik haydovchilar toshbo‘ron qilingani haqidagi xabar rad etildi
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/11/oUhI75gWPJuSEUAfIUb9aozf3pbYDp-W_medium.jpg)
17:05 / 04.02.2025
Qashqadaryoda avtomobilda «drift» qilishga uringan ikki yigit halok bo‘ldi
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/11/hfks5Fmf2j4gXwCW3BkjIvH2BISHs_QO_medium.jpg)
20:32 / 22.01.2025