«Turkiya qardoş Özbekiston mustaqilligini birinçi bölib tan olgan va Toşkentda birinçi bölib diplomatik vakolatxona oçgan mamlakatdir. 2022 yil 4 mart kuni biz ikki mamlakat örtasida diplomatik munosabatlar örnatilganining 30 yilligini nişonladik. Biz «Qardoşlikka asoslangan strategik şeriklik» deb ta’riflagan aloqalarimizning bugungi darajasi qançalik quvonarli bölsa-da, zalvorli salohiyatimiz köz oldimizga keltirilganda ikki qardoş davlat sifatida birgalikda hali köp yöl bosib ötişimiz kerakligini tuşunamiz. Prezidentlarimizning dadil va qat’iy qadamlari tufayli ayniqsa sönggi 5 yil içida erişilgan munosabatlarimizdagi jadal sur’atni saqlab qoliş birinçi navbatdagi vazifamizdir», — dedi ikki davlat örtasida diplomatik aloqalar örnatilganining 30 yilligi munosabati bilan jurnalistlar bilan uçraşuv ötkazgan elçi.

Şuningdek, Olgan Bekar savdo aloqalarida ikki mamlakat öz salohiyatidan qançalik foydalanayotgani haqidagi savolga ham javob berdi.
«2019 yilda 2,3 milliard AQŞ dollari körsatkiçi bilan ikki tomonlama savdo hajmi böyiça erişilgan rekord natija 2021 yilda yangilanib, 3,6 milliard dollarga yetdi.
Lekin Özbekiston va Turkiyada bundan köproq salohiyat bor. Şuni ham e’tiborga oliş kerakki, pandemiyaga qaramay raqamlar ösib bormoqda. Özaro aloqalarda muhimi import-eksport muvozanati. Masalan, 2021 yilda davlatlarimiz örtasidagi 3,6 milliard dollarlik savdo ayirboşlaş hajmining teng yarmi import, qolgan yarmi eksportga töğri keldi. Agar raqamlar bir tomonlama bölganda muammo bölişi mumkin edi.
Ikki davlat yetakçilari sönggi uçraşuvida tovar ayirboşlaş hajmini 5 milliard dollarga yetkaziş marra qilib qöyilgan edi. Keyinçalik buni 10 milliard dollarga yetkaziş salohiyati borligi ma’lum böldi va yaqin kelajakda şu raqamlarga yetişga harakat qilyapmiz.
Ayni vaqtda bojxona, soliq va erkin savdo zonasi taşkil qiliş borasida muzokaralar davom etmoqda. Yana bir narsa, tadbirkorlar va investorlarni majburlab olib kela olmaymiz, ularga qulay muhit kerak. Şunda özlari keladi. Elçixonalarimiz, özbek-turk tadbirkorlar jamiyati iqtisodiy hamkorlikni oşiriş tadbirkorlarni biznes uçun yaratilgan şaroitlar bilan taniştirişga harakat qilmoqda», — deya Olgan Bekarning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Şuningdek, elçi janoblari yaqin kunlarda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğanning Özbekistonga taşrifi kutilayotganini ma’lum qildi.

















