Şuhrat Ğaniyev raisligida ötkazilgan selektor yiğilişidan yozib olingan videolavha ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Unda Ğaniyev ba’zi tuman rahbarlariga topşiriq berib, fermerlarning dalalariga kombayn kiritgan holda paxtani terib olib ketiş kerakligini ta’kidlagan.
“Klasterning özi terib ketsin: mayli, fermerdan sotib olmasin (paxtani), özi terib, özi olib ketsin. Fermerga qarab ötirmasin, maşinani solib, terib olib ketaversin.
Sirdaryoliklar bilan gaplaşdim, 50ta maşina olib kelamiz deyişdi. Toşkent viloyatiga olib kirgan joyingda paxtani terib ketaverasan dedim. Böpti deyişdi. Fermer mening paxtamni terib ketding, deya olmaydi. Klaster bergan mablağ, klaster bergan öğit, klaster bergan çigit. Fermer nima degan taqdirda ham klaster noqonuniy iş qilmagan böladi. Qolaversa fermerning qarzdorligi bor, uni uziş kerak. Har tomonlama hisob-kitob bor”, degan Şuhrat Ğaniyev.
“Fermer xöjaligi töğrisida”gi qonunning 16-moddasiga köra fermer yetiştirgan mahsulotini, şu jumladan bu mahsulotni iste’molçilarga realizatsiya qiliş huquqini öz xohişiga köra tasarruf etiş huquqiga ega. Mazkur qonunning 22-moddasiga köra esa fermer xöjaliklarining xöjalik faoliyatiga davlat organlari hamda boşqa organlar va taşkilotlar, şuningdek ularning mansabdor şaxslari aralaşuviga yöl qöyilmaydi.
Kun.uz muxbiri mutaxassislar bilan boğlanib, vaziyatga baho berişni söradi. Ularga köra, ayrim hududlarda paxta rostdan ham terilmay turibdi. Buning asosiy sababi esa öşa hududlarda terimçi qöllar kamligi. Oqibatda terim qimmatlaşgan, terim kombaynlari xizmati esa yaxşi yölga qöyilmagan.
Oldinroq Kun.uz muxbiri Özbekistonda paxtaçilik va unda bozor mexanizmlarini joriy qiliş zarurati masalasida tahlilçi va amaliyotçilar iştirokida suhbat taşkil qilgan edi. Suhbatda iştirok etganlar soğlom bozor mexanizmlari uçun klasterlarga raqobatçi tizim kerakligi va bu tizim faqat kooperativlar böla olişi haqida gapirişgandi.
Paxta xomaşyosi narxi borasidagi muhokamalardan söng qişloq xöjaligi vaziri Aziz Voitov paxta narxini erkin bozor belgilaşini ma’lum
















