2023 yilgi prezidentlik saylovlarida har bir nomzodga taşviqot uçun 4 mrld 914 mln sömdan ajratilgan. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi a’zosi Adham Ibodullayev Kun.uz muxbiri savoliga bergan javobida aytib ötdi.

MSK raisi örinbosari Bahrom Qöçqorovning aniqlik kiritişiça, mablağlar siyosiy partiya uçun emas, har bir nomzod uçun ajratiladi.

«Hozirgi kunda 4 nafar nomzod bölgani uçun, şu 4 nomzodga mablağ ajratiladi. Ikkita partiya tomonidan bitta nomzod ilgari surilgani uçun, şu bir nomzodga ajratilgan pul doirasida foydalaniş imkoniyati bor. «Milliy tiklaniş» partiyasi taşviqotda iştirok etsa ham, iştirok etmasa ham böladi. Lekin bir nomzodga ajratilgan mablağ doirasida», dedi u.

Komissiya a’zosi Xudoyor Mamatov nomzodlarga taşviqot uçun pul ajratiliş jarayonini tuşuntirib berdi.

«Saylov kodeksining 64-moddasiga muvofiq, siyosiy partiyalar tomonidan prezidentlika nomzodlar taqdim etadigan hujjatlar bor. Bular ariza, siyosiy partiyaning qurultoyi ötgani haqidagi bayonnoma, nomzodning şu partiyadan nomzodi körsatilişiga roziligi haqidagi arizasi va töplangan imzolar.

Markaziy saylov komissiyasi nomzodlarni örganib çiqib, 4 ta partiyaning 4 nafar nomzodini röyxatga oladi. Röyxatga olingan nomzodlar sonidan kelib çiqib saylovoldi taşviqoti uçun pul ajratiladi. Tört nomzodga bir xil miqdordagi efir vaqti, bir xil vaqtdagi naşr maydoni, davlat budjetidan bir xil mablağ ajratiladi», dedi u.

  • Özbekistonda navbatdan taşqari prezidentlik saylovi 2023 yil 9 iyul kuni bölib ötişi belgilangan.
  • Qonunçilikka muvofiq, saylovoldi taşviqoti — saylov kampaniyasi davrida amalga oşiriladigan va saylovçilarni nomzodni yoki siyosiy partiyani yoqlab ovoz berişga undaşga qaratilgan faoliyat hisoblanadi.