Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 26 avgust kuni mamlakatda madaniyat va san'at sohasini innovatsion rivojlantiriş böyiça qarorni imzoladi. Hujjatda tasdiqlangan «yöl xaritasi»ga köra, Özbekistonda asosiy madaniyat va san'at obektlari böylab 3D-turlar yaratiladi.

Qarorda Madaniyat, Taşqi işlar, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş, Moliya vazirliklariga virtual turlar yaratiş böyiça Google Cultural Institute bilan hamkorlik örnatiş topşirildi.

Yaqin vaqt içida muzeylar, teatrlar va boşqa obektlar haqida zarur ma'lumotlar joylaşgan sayt işga tuşadi. Şuningdek, saytda barça obektlarga yönalişni körsatib beradigan interaktiv xarita ham böladi. Bundan taşqari, elektron çipta savdosi ham yölga qöyiladi. 

Ma'lumot uçun, Google Cultural Institute platformasi dunyodagi yuzlab muzey, madaniyat institutlari va arxivlarni birlaştirgan.