Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan «Islom Karimov nomidagi Toşkent davlat texnika universitetining Qöqon filialini taşkil etiş töğrisida»gi qarori qabul qilindi.

Qarorda Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Farğona viloyati hokimligining Qöqon şahrida Islom Karimov nomidagi Toşkent davlat texnika universitetining Qöqon filialini taşkil etiş töğrisidagi taklifiga rozilik berilgani aytilgan.

Uşbu filial Qöqon şahri, Usmon Nosir köçasi, 4-uy manzilida, Qöqon quriliş va iqtisodiyot kasb-hunar kolleji binosida joylaşadi. Kollej öquvçilari öqişni bitirgunlariga qadar filial binolarida öquv jarayonini davom ettirişadi.

Quyidagilar filialning asosiy vazifalari etib belgilangan:
- sanoat mahsulotlarini işlab çiqariş, muhandislik işi hamda işlab çiqariş texnologiyalari sohalari uçun, xususan, elektronika va asbobsozlik, materialşunoslik va yangi materiallar texnologiyasi, texnologik maşinalar va jihozlar, elektron apparaturalar işlab çiqariş texnologiyalari yönalişlari böyiça yuqori malakali kadrlarni xalqaro standartlar darajasida sifatli tayyorlaşni ta'minlaş;
- iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirişning ilmiy-texnologik vazifalarini hal etişga, ilğor xorijiy texnologiyalarni sinab köriş va joriy etişga yönaltirilgan ilmiy-amaliy tadqiqotlarni olib boriş va işlanmalarni amalga oşiriş;
- kadrlar buyurtmaçilari takliflari hamda xorijiy mamlakatlar ta'lim muassasalarining tajribasini hisobga olgan holda tegişli muhandislik-texnik va işlab çiqariş bakalavriat ta'lim yönalişlari hamda magistratura mutaxassisliklari böyiça ilmiy-uslubiy adabiyotlarni işlab çiqiş;
- öquv va ilmiy loyihalarni amalga oşiriş, ta'lim va ilmiy izlanişlar jarayoniga mutaxassislarni keng jalb etiş maqsadida işlab çiqariş va qayta işlaş sohalaridagi respublika va xorijiy yetakçi oliy ta'lim muassasalari va ilmiy markazlari bilan hamkorlikda aloqalarni rivojlantiriş;
- respublika va xorijiy oliy ta'lim muassasalari va ilmiy markazlariga istiqbolli yoş bitiruvçilarni magistratura va doktaranturaga muntazam yuboriş orqali filialning ilmiy-pedagogik salohiyatini oşirib boriş.

Şuningdek, qaror bilan 2018–2019 öquv yilida Filialda bakalavr tayyorlaş böyiça qabul kvotalari tasdiqlandi.

Filialga joriy öquv yili uçun talabalar kontingenti Andijon, Namangan va Farğona viloyatlarida doimiy propiska qilingan, respublika oliy ta'lim muassasalariga qarorda belgilangan ta'lim yönalişlarining mos va turdoş ta'lim yönalişlariga hujjat topşirgan va test sinovlari natijalariga köra öqişga kira olmagan, biroq töplagan ballari eng yuqori ballning 30 foizidan (56,7 ball) kam bölmagan abituriyentlar hisobidan tölov-kontrakt asosida şakllantiriladi.