Navoiy şahri havosi doim “qizil çiziq” ustida turgan. Bunga sabab, hududda yirik sanoat korxonalari borligidir. Yaqin yillargaça “Navoiyazot” AJdan atmosferaga çiqarilgan zararli moddalar miqdori ança baland bölgan. Biroq keyingi yillarda uşbu gigant korxona tomonidan buning oldini oliş borasida bir qator işlar amalga oşirildi.

Ming afsuski, bugunga kelib hududda atmosferaga çiqindi çiqarişda yirik korxonalar örnini asta-sekinlik bilan kiçik işlab çiqariş sexlari egallab olmoqda.

Ayniqsa, sönggi kunlarda navoiyliklar buni yaqqol sezişyapti: tutun içida qolgan şaharda nafas oliş oğirlaşgan. Bir neça kundirki şahar aholisi ijtimoiy tarmoqlarda şahar va unga tutaş Karmana tumani hududlarida kömir tutuni hamda hididan nafas oliş qiyin bölayotgani, farzandlarida turli allergik kasalliklar alomatlari kuzatilayotgani haqida yozmoqda. Holat yuzasidan viloyat Ekologiya boşqarmasiga ham murojaatlar köpayib ketgan.

Karmana tumani markazida yaşovçi Madina Adizovaning ta’kidlaşiça, şahar havosining tobora ifloslanib borayotgani aholi noroziligi kuçayişiga sabab bölyapti.

“Karmana tumanining Navoiy şahriga tutaş qismida yaşayman. Oxirgi yillarda global miqyosidagi ekologik özgarişlar biz yaşayotgan hududda ham yaqqol sezilib turibdi. Şahar atrofida qurilgan qonuniy-noqonuniy işlab çiqariş korxonalaridan çiqarilayotgan zararli tutun aholi orasida norozilikning kuçayişiga, kasalliklar ortişiga sabab bölyapti. Örta yoki katta yoşli fuqarolarga sezilmayotgandir, lekin yoş bolalarga ta’siri kuçli bölyapti. Özim ham buviman, nevaram bor, stomatit, dermatit kasalliklaridan boşimiz çiqayotgani yöq. Aholining bee’tiborligimi, mutasaddilarning bee’tiborligimi, Navoiy şahri bugungi kunda yaşaş sifati ança pasaygan şaharlar sirasiga kirib qoldi. Töğri, Navoiy industrial şahar, işlab çiqarişni ham töxtatib bölmaydi. Lekin aholi punktlari yonida işlab çiqarişni yölga qöyiş qançalik töğri? Menimça töğri emas”, deydi Madina Adizova.

Navoiy şahrida yaşovçi yana bir fuqaro Öroloy Turdiyevaga köra, yangi taşkil etilayotgan kiçik zavodlardan çiqayotgan zaharli gazlar şahar aholisini taşvişga solmoqda.