Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki xulosasida 18 yaşar askarning ölimiga “yurakning surunkali işemik kasalligi. Yurak gipertrofiyasi. Kardioskleroz. Aorta va yurak toj tomirlari aterosklerozi” sabab bölgani, ekspertiza tekşiruvi jarayonida marhumda “ötkir yurak va qon-tomirlari yetişmovçiligi, boş miya va öpka şişi” körinişidagi kasalliklar asoratlari aniqlangani qayd etilgan.

Biroq marhumning yaqinlari bunga işonişmayapti. Agar öğlimizda qandaydir surunkali kasallik bölganida bu tibbiy köriklar vaqtida aniqlanar va uni harbiy xizmatga olişmasdi, deyişmoqda marhumning ota-onasi.

Rinat Sauletov, marhum askarning otasi / Foto: Kun.uz

“Ölimining sababi sifatida yuragi, öpkasida kasali borligi, yana beş-oltita kasallar keltirilmoqda. Bular ikki oy içida paydo böladigan kasalliklar emas. Agar unda oldindan şu kasalliklar bölganida tuman mudofaa işlari bölimidagilar uni xizmatga jönatişmasdi. Avval özimizning tumanda, keyin viloyatda tibbiy körikdan ötdi. Hamma tekşiruvlari yaxşi çiqdi.

Agar bolam kasal bölganda armiyaga jönatib ötirmasdim. “Ota, Vatanga xizmat qilmoqçiman, yigitlik burçimni bajarmoqçiman” degani uçun yuborgandim. Bölmasa, pulini tölab, bir oylik yiğinga jönatsam bölardi, hozir afsus qilyapman şunga”, deydi Ruslan Qidiraliyevning otasi Rinat Sauletov.

Gulzira Sauletova, marhum askarning onasi / Foto: Kun.uz

“Öğlim harbiy xizmatga ketguniga qadar biror marta yurak oğriği, öpka kasalligidan şikoyat qilmagan, dori içmagan. Qölimda uning bolaligidan to armiyaga ketgunça bölgan davrda yuritilgan tibbiy daftarçasi bor, u bolamning surunkali kasalliklari bölmaganini isbotlaydi. Armiyaga ketişdan oldin tibbiy körikdan ötganida ham u soğlom deb topilgan. Agar tibbiy körik natijasiga köra u kasal deb topilganda armiyaga jönatmagan bölardik, bunday holatda uni armiyaga olişmasdi ham. Öğlim özi bilan birga körikdan ötgan çaqiriluvçilardan birining yuragi sal tezroq urgani uçun uni qaytarib yuborişganini aytib bergandi. Ruslan bilan bunday holat kuzatilmagan.