Rasman: Ramazon hayiti 21 aprel kuni nishonlanadi
O‘zbekiston musulmonlari idorasi mamlakatda joriy yilda Ramazon hayiti 2023 yil 21 aprel, juma kuniga to‘g‘ri kelishi haqida qaror qabul qildi.

Foto: Kun.uz
O‘zbekiston musulmonlari idorasida Ramazon oyi va hayitini aniqlash uchun tuzilgan Ishchi guruhi xorijdagi nufuzli astronomiya markazlari va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi qoshidagi Astronomiya institutidan olgan ma’lumotlarga ko‘ra, 1444 hijriy yil Shavvol oyining yangi oy fazasi (hiloli) shu yil 20 aprel, payshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 09:12 da sodir bo‘lgan (tug‘ilgan).
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi islom dini ta’limotlari va mazkur astronomik ma’lumotlarga asoslangan holda respublikada joriy yilda Ramazon hayiti 2023 yil 21 aprel juma kuniga to‘g‘ri kelishi haqida qaror qabul qildi.
Bugun xodimlar odatiy ish kunidan bir soat ertaroq ketishi mumkin. Mehnat kodeksi 121-moddasiga ko‘ra, bayram (ishlanmaydigan) kunlari arafasida kundalik ish (smena) muddati barcha xodimlar uchun kamida bir soatga qisqartiriladi.
Kun davomida prezidentning «Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida»gi qarori e’lon qilinishi kutilmoqda. Unda dam olish kunlariga ham aniqlik kiritiladi.
Bu holda ikki variant bor:
- 2023 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risidagi farmonda ko‘rsatilgan dushanbadagi dam olish kuni bekor qilinib, shanba kuni 6 kunliklar uchun qo‘shimcha dam olish deb e’lon qilinishi mumkin. Natijada juma, shanba va yakshanba — 3 kun dam olish kuni bo‘ladi;
- dushanbadagi dam olish kuni saqlangan holda shanba kunida 6 kunliklar uchun yana bitta qo‘shimcha dam olish kuni berilishi mumkin. Natijada juma, shanba, yakshanba va dushanba — 4 kun dam olish kuni bo‘ladi.
Tavsiya etamiz
Magic City'ning egasi yana o‘zgaradi
O‘zbekiston | 21:22 / 17.03.2025
«Balki uddalarmiz, balki yo‘q». Tramp ertaga Putin bilan gaplashishga va’da berdi
Jahon | 20:36 / 17.03.2025
Emmanuel Makron Yevropaga «yadroviy qalqon» taklif etdi
Jahon | 12:00 / 16.03.2025
AQSh 43 davlat, jumladan Rossiya va Belarus fuqarolarining kirishini cheklashi mumkin
Jahon | 17:13 / 15.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ikkilamchi avtomobil bozori: Lacetti, Cobalt, Spark va Onix narxi arzonlashdi
O‘zbekiston | 12:42
-
«Begonalar zulm qilgani yo‘q, ammo o‘zimiznikilardan yordam kutmay qo‘ygandik» - sudjaliklar
Jahon | 12:32
-
Kambag‘allikni qisqartirish jamg‘armasining vazifalari belgilandi
O‘zbekiston | 12:21
-
Isroil G‘azo sektoriga yana zarbalar berishni boshladi
Jahon | 12:00
Mavzuga oid

10:32 / 01.03.2025
Saida Mirziyoyeva Ramazon oyi munosabati bilan o‘zbekistonliklarni tabrikladi

22:08 / 28.02.2025
Shavkat Mirziyoyev Ramazon oyi kirib kelishi munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga tabrik yo‘lladi

17:09 / 28.02.2025
O‘zbekiston bo‘ylab 1700 dan ortiq masjidda xatmi Qur’on o‘qiladi

16:59 / 28.02.2025