Sayyohlar Özbekistonda qança mablağ qoldirmoqda?
2017 yilda Özbekistonga 2,7 mln nafar turist kelgan bölsa, ötgan 2022 yilda ularning soni 1,9 barobarga ösib, 5,2 mlnni taşkil qildi. Bu koronavirus pandemiyasidan çiqqan, 2021 yilda 1 mln 880 ming nafar sayoh taşrif buyurgan Özbekiston uçun yaxşigina ijobiy körsatkiç. Qolaversa, içki turizm körsatkiçlari ham har yili yuqorilamoqda. 2022 yilda içki sayohat qiluvçilar soni 2017 yilga nisbatan (10,5 mln nafar) 107,0 foizga ösib, 11,3 mln nafarni taşkil qildi. Bu yil esa xorijiy sayyohlar soni 7 mln nafarga yetişi prognoz qilinmoqda.


Mablağlar bilan ifodalaydigan bölsak, turizm xizmatlari eksporti ötgan yilda 1,6 mlrd dollarni taşkil etdi (2017 yilda 531 mln dollar). Sobiq turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimovning ma’lum qilişiça, 2019 yilda sayyohlar Özbekiston şaharlarida örtaça 195 dollargaça mablağ sarflab, 2-3 kun qolişgan bölsa, 2022 yilda sayohatlar davomiyligi 4-5 kunga, sarf-xarajatlar esa 305 dollargaça oşgan.
Sayyohlar oqimi köpayişining asosiy sababi
Özbekistonga sayyohlar oqimi oşişiga asosiy sabablardan biri mamlakatga kirişdagi viza rejimi soddalaştirilişida, deyiş mumkin. 2018 yildan boşlangan xorijiy davlatlar fuqarolari uçun kiriş vizasi bekor bölgan davlatlar soni 2022 yilga kelib 93 taga yetdi. Şuningdek, 2018 yildan boşlab 56 ta davlat fuqarolari uçun elektron kiriş vizalarini beriş tizimi işga tuşirildi, 47 ta davlat uçun beş kunlik tranzit vizasiz kiriş tartibi belgilandi. 55 yoşga tölgan va turizm maqsadida 30 kundan ortiq bölmagan muddatga respublikaga keluvçi XXR, AQŞ va Vetnam fuqarolari uçun vizasiz kiriş rejimi joriy qilindi.
“Köp yillar davomida Özbekistonda sayohat qiliş oson bölmagan. Kiriş vizasini oliş uzoq va murakkab jarayon edi. Buning ustiga sayohatçilar har keça mehmonxonada röyxatdan ötişlari kerak edi. Bu mamlakatni kaşf qilişni istagan köplab sayohatçilarni töxtatdi. Endi bunday emas va viza jarayoni ança osonlaşdi.


















