Prezident Şavkat Mirziyoyev içki va taşqi turizm salohiyatini yanada oşiriş çora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yiğilişida mamlakatimizning ziyorat turizmi imkoniyatlaridan töliq foydalaniş zarurligini ta’kidladi.

Moliya vazirligiga Buxoroda ziyorat turizmi obektlari infratuzilmasini yaxşilaş uçun mahalliy budjetga 40 milliard söm ajratiş topşirildi.

Turizm vazirligi oldiga ziyorat turizmi salohiyati yuqori Indoneziya, Malayziya, Hindiston, Pokiston, Bangladeş va arab davlatlaridan Samarqand, Buxoro va Toşkentga aviareyslarni köpaytiriş vazifasi qöyildi. 

Mutasaddilarga mamlakatimizdagi 1 ming 200 dan ziyod ziyoratgohlar imkoniyatlarini töliq işga solib, yiliga kamida 1 million sayyoh jalb qiliş dasturini tasdiqlaşga körsatma berildi.

Ziyoratga kelayotgan turistlarning mazhabi, tariqati, yondaşuvi har xilligini inobatga olib, qaysi din yoki mazhab vakillariga qanday ovqatlar taklif qilişni, mehmonxona va ibodat joylarini qanday jihozlaşni ilmiy yondaşuvlarsiz qilib bölmasligi körsatib ötildi.

Muqaddas joylar, avliyo va pirlar haqida ma’lumot bera oladigan mutaxassislar va gidlar ham kamligi aytildi. 

Şu munosabat bilan Islom akademiyasi, "Ipak yöli" universitetiga ziyorat turizmi oqimi köp bölgan davlatlar uçun ilmiy asoslangan yondaşuvlarni işlab çiqiş topşirildi.