Özbekiston Respublikasi Prezidentining "Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 25 yil" esdalik nişonini ta'sis etiş töğrisida" farmoni imzolandi. Hujjat matni ÖzAda keltirilgan.
"Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlarining 25 yilligini nişonlaş hamda davlatimizning mudofaa qobiliyatini mustahkamlaş va Qurolli Kuçlarni barpo etişga salmoqli hissa qöşgan harbiy xizmatçilarni, Qurolli Kuçlar faxriylarini va xizmatçilarini qöllab-kuvvatlaş maqsadida:
1. “Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 25 yil” esdalik nişoni ta'sis etilsin.
2. “Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 25 yil” esdalik nişonining Nizomi va tavsifi 1, 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
3. Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 25 yil” esdalik nişonlari va ularning guvohnomalari bir oy muddatda belgilangan tartibda tayyorlanişini ta'minlasin.
4. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qiliş Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengaşi kotibi V.Maxmudov zimmasiga yuklansin.
Özbekiston Respublikasi
Prezidenti vazifasini bajaruvçi Ş.Mirziyoyev
* * *
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil
28 noyabr PF-4859-sonli Farmoniga 1-ilova
“Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 25 yil" esdalik nişoni töğrisidagi
NIZOM
1. “Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 25 yil” esdalik nişoni bilan davlatimiz mudofaa qudratini mustahkamlaş va Qurolli Kuçlarni barpo etişga salmoqli hissa qöşgan şaxslar, yuqori professional mahorati, harbiy va vatanparvarlik burçiga sadoqatini namoyon etgan harbiy xizmatçilar, jumladan, Özbekiston Respublikasi mustaqilligi va hududiy yaxlitligini himoya qiliş böyiça jangovar harakatlarda iştirok etgan, zaxiraga böşatilgan yoki iste'foga çiqarilgan harbiy xizmatçilar, şuningdek, harbiy hamda xizmat burçini bajarişda halok bölgan yoxud yarador bölgan va şikastlangan Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlarining harbiy xizmatçilari taqdirlanadilar.


















