Jizzax oliy harbiy aviatsiya bilim yurti Qashqadaryoga ko‘chiriladi, deya xabar bergan «O‘zbekiston 24» telekanalining «Axborot 24» dasturi.

1994 yilda asos solingan bilim yurtining ko‘chirilishi to‘g‘risida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev dushanba kuni Qarshining Xonobod aerodromida harbiy uchuvchilar bilan suhbati jarayonida ma'lum qilgan, deb yozmoqda Gazeta.uz.

«Bizning bitta yagona vazifamiz — odamlarning, xalqning ertangi kunga ishonchini oshirish va biz o‘z yo‘limizdan qaytmaymiz. Mana shu yo‘nalishda har kuni, har soatda ishlashda davom etamiz», — deya prezident so‘zlaridan iqtibos keltirilgan teledasturda.