PFL Superliga taqvimini özgartirdi va özgarişlarga izoh berdi
|21:25 / 24.03.201815 91914 min
Foto: Tribuna.uzFoto: Tribuna.uz
Özbekiston superligasining 4-turidan örin olgan AGMK va «Lokomotiv» uçraşuvi qoldirilgaç, Tribuna.Uz naşri mazkur vaziyatdagi tuşunmovçiliklar sabab maqola yozgandi. Köp ötmay, Özbekiston professional futbol ligasi superligadagi özgarişlarga izoh berdi va taqvimning özgargan sönggi variantini taqdim etdi.
Özbekiston Superligasi taqvimidagi birinçi özgariş FIFA kunlari sabab röy berdi. Milliy terma jamoa murabbiylari ştabi «Lokomotiv» hamda «Paxtakor» klublaridan uç nafardan ziyod futbolçini Marokaşga olib ketgaç, mazkur jamoalar Reglamentda körsatilgani böyiça öyinlar vaqtini özgartirişni sörab, PFLga murojaat qilişdi.
Töğri, Marokaşga qarşi bellaşuv bölib ötişi dekabr oyidayoq ma'lum bölib ulgurgandi. Ammo unda milliy terma jamoa murabbiylar ştabi terma tarkibiga qaysi klubdan kimlarni jalb etişi ma'lum emasdi. PFL esa murabbiylar nomidan iş tutib, taxminiy taqvimni tuzib çiqa olmaydi.
Keyinroq ÖFA Urugvayga qarşi örtoqlik öyini masalasida ham kelişuvga erişdi. Ungaça esa may oyida JÇ-2018 ning yana bir iştirokçisi Eronga qarşi uçraşuv ötkaziş hal etilgandi. Mazkur öyinlar FIFA kunlariga töğri kelmaydi. Demak, taqvimda özgartiriş qilişga ehtiyoj bor.
Bunda bir jihatga e'tiborni qaratiş lozim. Özbekiston milliy terma jamoasi örtoqlik öyinlari böyiça kelişuvga erişgan raqiblarning barçasi Rossiya mundialida iştirok etadi. Ularga qarşi öyinlar birinçi galda futbolçilarga mahorat maktabi vazifasini ötab beradi. Qolaversa, ÖFAning xalqaro maydondagi imidjiga ijobiy ta'sir körsatadi. Şundan kelib çiqib, taqvimdagi özgarişlarni OAV hamda futbol muxlislari töğri tuşunişlarini istardik.
2019 yilgi mavsumda Osiyo Kubogi, Osiyo öyinlari, Jahon çempionati kabi musobaqalar taqvimga ta'sir ötkazmaydi. PFL 2018 yilgi taqvimni tuzişda JÇ-2018 uçraşuvlarini intizor kutayotgan özbekistonlik futbol muxlislarining talab va istaklarini birinçi planga olib çiqqan hamda Superliga öyinlarini bu vaqtda parallel ötkazmaslik borasida qaror çiqargan. Yuqoridagi musobaqalar rejaga ta'sir ötkazmaydigan 2019 yilda esa ÖFA ham örtoqlik uçraşuvlarini FIFA kunlariga belgilaş yölida iş olib boradi. Natijada PFL ham barça jihatlarni oldindan inobatga olib, taqvim özgarmasligi uçun intiladi.
Quyidagi taqvim özgarişlarida Urugvay hamda Eronga qarşi öyinlar inobatga olindi. Şuningdek, Özbekiston Kubogining formati özgarayotgani ham taqvimda öz ifodasini topdi (bu haqda biroz keyinroq töliq ma'lumot beriladi). Xalqaro maydonda Özbekiston şarafini himoya qilayotgan klublarning uçraşuvlari va Superliga markaziy öyinlarining iloji boriça yaxşiroq kun va soatlarga belgilanişi masalasi qayta körib çiqildi.
Mavzuga oid
Va albatta, «Sport» telekanali hamda MTRK rahbariyatining takliflari ham taqvim özgarişida inobatga olindi. 2018 yilgi mavsumdan boşlab «Sport» telekanali Superliganing barça öyinlarini jonli körsatişga harakat qilyapti. Biroq taqvimdagi ziçlik sabab ba'zi tur bellaşuvlari ikki kunda ötişi körsatilgandi. Yangi taqvimda şunday turlar nisbatan kamaytirildi. Şuningdek, telekanal ij rejasiga halal berişi mumkin bölgan jihatlar ham inobatga olindi. Endilikda Buxoro va Navoiy, şuningdek, vodiy klublari iştirokidagi uçraşuvlar bir kunga töğri kelmaydi. Bu jihat uçraşuvlar translyatsiyasi masalasiga ijobiy ta'sir körsatadi.
PFL hamda ÖFA futbol birinçi galda muxlislar uçun öynalişi kerak deb hisoblaydi hamda ular uçun qulaylik tuğdiradigan işlarni amalga oşirişda davom etadi.
Superliganing özgartiriş kiritilgan taqvimi:
2 aprel (duşanba). OÇL.
«Nasaf» – «Persepolis» (Eron)
3 aprel (seşanba). OÇL.
«Al-Vahda» (BAA) – «Lokomotiv»