Toshkent shahriga yangi hokim tayinlandi
26 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov ishtirokida o‘tkazilgan Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Jahongir Ortiqxo‘jayev yig‘ilish ishtirokchilariga tanishtirildi. Bu haqda Kun.uz axborot manbasi xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Toshkent shahar hokimi lavozimida 2012 yildan buyon ishlab kelgan Rahmonbek Jahongirovich Usmonov vazifasi ayni chog‘da Akfa Group kompaniyalari asoschisi va rahbari, ishbilarmon Jahongir Ortiqxo‘jayevga yuklatildi.
Qayd etilishicha, Toshkent shahar sobiq hokimi Rahmonbek Jahongirovich Usmonov shu kunning o‘zida O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.
Jahongir Ortiqxo‘jayev 1975 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan, Toshkent davlat iqtisodiyoti universitetini tamomlagan. Jahongir Obidovich faoliyatini «Jahongir» MChJ direktori sifatida boshlagan, so‘ngra «Artel Injiniring» MChJ direktori sifatida ishlab kelayotgandi. U 2015 yili «Do‘stlik» ordeni davlat mukofoti bilan taqdirlangan.
Ma'lumot uchun, Akfa Group kompaniyasi tarkibiga Artel, Atlas, Mediapark va Imzo kabi brendlar ostida faoliyat olib borayotgan korxonalar kiradi. Jahongir Ortiqxo‘jayev so‘nggi paytda Toshkent shahrida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlariga ulkan hissasini qo‘shib kelayotgan tadbirkorlardan biri.
Masalan, kuni kecha Turkmaniston Respublikasi prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov O‘zbekistonga tashrif buyurganda, yangi qurilgan Ashxobod bog‘ining ochilish marosimida Ortiqxo‘jayevning ikki davlat prezidentlariga hamroh bo‘lganini suratlarda ko‘rish mumkin.
Mavzuga oid
18:20 / 16.12.2024
Damasʼdan Kia Sonetʼgacha: “Halol Avtolizing”chilar yuzlab odamni aldagani ma’lum bo‘ldi
17:42 / 04.12.2024
«Paxtakor» budjeti 100 milliarddan oshadi». Ortiqxo‘jayev qoniqarsiz natija, yangi murabbiy, Cheran va rejalar haqida
12:00 / 04.12.2024
«Paxtakor» portugaliyalik yangi bosh murabbiyini tanishtirdi
12:06 / 16.11.2024