OTMga öqişga qabul qiliş, köçiriş, tiklaş va çetlaştiriş tartibi töğrisidagi nizomlarni tasdiqlaş haqidagi qarorga qöşimçalar kiritiladi
|20:49 / 27.06.201830 66430 min
Foto: KUN.UZFoto: KUN.UZ
Normativ-huquqiy hujjatlarning muhokamasi portalida “Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalariga öqişga qabul qiliş, talabalar öqişini köçiriş, qayta tiklaş va öqişdan çetlaştiriş tartibi töğrisidagi nizomlarni tasdiqlaş haqida” 2017 yil 20 iyundagi 393-son qaroriga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalariga öqişga qabul qiliş, talabalar öqişini köçiriş, qayta tiklaş va öqişdan çetlaştiriş tartibi töğrisidagi nizomlarni tasdiqlaş haqida” 2017 yil 20 iyundagi 393-son qaroriga quyidagi özgartiriş va qöşimçalar kiritilişi mumkin:
1-ilovada:
a) 1-band ikkinçi xatboşi quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“Uşbu Nizom harbiy ta’lim muassasalariga va Özbekistonda faoliyat olib borayotgan xorijiy oliy ta’lim muassasalari va ularning filiallariga tatbiq etilmaydi.”;
b) 3-band quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“3. Oliy ta’lim muassasalarining kunduzgi, maxsus sirtqi va keçki (smenali) ta’lim şakllariga talabalarni qabul qiliş Özbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga öqişga qabul qiliş böyiça Davlat komissiyasi (keyingi örinlarda Davlat komissiyasi deb ataladi) tomonidan kiriş imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon) natijalariga köra töplangan ballarning reyting tizimi böyiça amalga oşiriladi.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori bilan tasdiqlangan tölov-kontrakt asosida qabul kvotalari doirasida hamda qabul kvotalaridan taşqari abituriyentlarni öqişga qabul qiliş Davlat komissiyasi tomonidan mazkur Nizomda belgilangan tartibda amalga oşiriladi.
Tanlov har bir oliy ta’lim muassasasi böyiça ta’lim yönalişlari, öqitiş tillari va şakllariga köra alohida ötkaziladi. Ayrim yönalişlar böyiça hududlar kesimida maqsadli qabul kvotalari tasdiqlangan taqdirda, tanlov har bir hudud böyiça alohida ötkaziladi. Maqsadli qabul tanlovida qatnaşib davlat granti asosida qabul qilinmagan abituriyentlar mazkur ta’lim yönalişida töplagan ballari bilan umumiy tölov-kontrakt doirasidagi tanlovda iştirok etadi.
Test sinovlarini ötkaziş Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi (keyingi örinlarda Davlat test markazi deb ataladi) tomonidan amalga oşiriladi.
Mavzuga oid
Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari hamda oliy ta’lim muassasalari rektorlari (direktorlari) joylarda kiriş imtihonlari ötkaziş uçun zarur şaroitlarni ta’minlaydilar.”;
v) 4-banddan söng quyidagi mazmundagi 4-1-band qöşiladi:
“4-1. Abituriyentlardan alohida iqtidor talab etiladigan madaniyat, san’at, dizayn, tasviriy va amaliy san’at, san’atşunoslik, musiqiy ta’lim, sport va jismoniy tarbiya sohalaridagi ta’lim yönalişlariga (keyingi örinlarda – alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yönalişlari deb ataladi) qabul test sinovlarisiz, kasbiy (ijodiy) imtihonlar orqali amalga oşiriladi.
Özbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yönalişlarining röyxati va kasbiy (ijodiy) imtihonlar böyiça ularga muvofiq keluvçi fanlar majmuasi tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bölgan vazirlik va idoralar takliflari asosida Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.”;
g) 6-banddagi “ispan,” sözlaridan keyin “turk,” sözlari qöşiladi;
ğ) 10-band quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“10. Sirtqi, maxsus sirtqi ta’limga talabalarni qabul qiliş:
sirtqi şaklda – umumiy örta (10-11-sinflar negizida), örta maxsus, kasb-hunar ma’lumoti töğrisidagi tegişli hujjatga ega bölgan va kiriş imtihonlari (test sinovlari yoki kasbiy (ijodiy) imtihon yoki kasbiy suhbat)dan muvaffaqiyatli ötgan abituriyentlar hisobidan amalga oşiriladi;
sirtqi ta’limga kiriş imtihonlari şakli (test sinovlari yoki kasbiy (ijodiy) imtihon yoki kasbiy suhbat) oliy ta’lim muassasasi tomonidan böysunuviga köra vazirlik va idoralar bilan kelişilgan holda belgilanadi;
maxsus sirtqi şaklda – faqat tegişli yoki turdoş ta’lim yönalişi böyiça örta maxsus, kasb-hunar ma’lumotiga va ta’lim yönalişiga muvofiq soha, kasb, lavozimlarda kamida uç yillik amaliy iş stajiga (pedagogik yönalişlar uçun pedagogik stajga) ega bölgan, tegişli vazirliklar va idoralar tomonidan berilgan tavsiyanomaga ega bölgan kiriş imtihonlari (test sinovlari yoki kasbiy (ijodiy) imtihon yoki kasbiy suhbat)dan muvaffaqiyatli ötgan abituriyentlar hisobidan amalga oşiriladi.
10-1. Oliy ta’lim muassasalari tarkibida hududlar kesimida maqsadli qabul kvotalari tasdiqlangan ta’lim yönalişlariga qabul muayyan hududda doimiy yaşaydigan (pasportdagi ma’lumoti böyiça), umumiy örta (10-11-sinflar negizida), örta maxsus, kasb-hunar ma’lumoti töğrisidagi tegişli hujjatga ega bölgan va kiriş imtihonlari (test sinovlari yoki kasbiy (ijodiy) imtihon yoki kasbiy suhbat)dan muvaffaqiyatli ötgan abituriyentlar hisobidan amalga oşiriladi.
10-2. Oliy ta’lim muassasalarining sirtqi ta’lim şakli uçun kiriş imtihonlarini ötkaziş 5-ilovada belgilangan tartibda amalga oşiriladi.
10-3. Oliy ta’lim muassasalariga nogironligi bölgan şaxslarni qöşimça davlat granti kvotalari asosida öqişga qabul qiliş Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 2 iyundagi 417-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalariga nogironligi bölgan şaxslarni qöşimça davlat granti kvotalari asosida öqişga qabul qiliş tartibi töğrisida nizom asosida amalga oşiriladi.”;
d) 12-band quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“12. Oliy ta’lim muassasalarida öqişga qabulni sifatli taşkil etiş maqsadida oliy ta’lim muassasalarida qabul komissiyalari taşkil etiladi.
Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligi, tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bölgan vazirlik va idoralar tomonidan belgilangan tartibda qabul komissiyasi raisi, uning örinbosari va qabul komissiyasi kotiblari tayinlanadi. Bunda oliy ta’lim muassasasi rektori (direktori) lavozim böyiça qabul komissiyasiga raislik qiladi.
Qabul komissiyalari a’zolarining vazifalari qabul komissiyasi raisi tomonidan belgilanadi.
Abituriyentlarning öqişga qabul qiliş haqidagi arizalari oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyalari tomonidan 15 iyundan 15 iyulgaça (şu kuni ham), Özbekiston davlat konservatoriyasi uçun 15 iyundan 10 iyulgaça qabul qilinadi.
Arizalar onlayn tarzda ham qabul qilinişi mumkin. Arizalarni onlayn tarzda topşiriş tartibi belgilangan tartibda işlab çiqiladi.
Abituriyent oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
ta’lim yönalişi, öquv tili, şakli körsatilgan holdagi ariza (arizada oliy ta’lim muassasasini tugatganligi yoki oliy ma’lumoti yöqligi, qaysi çet tilidan test topşirişi, harbiy tavsiyanomaga ega bölganlar uning raqamini va tanlangan ikkinçi oliy ta’lim muassasasi, ta’lim yönalişini körsatişlari hamda test sinovlarini ötkaziş qoidalari va javoblar varaqalarini töğri töldiriş bilan tanişganligi körsatiladi);
umumiy örta ta’lim (11-sinf negizida) yoki örta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini şu jumladan, madaniyat, san’at, musiqa, sport va jismoniy tarbiyaga ixtisoslaştirilgan akademik litsey, kasb-hunar kollejlari, maktab-internatlarni tugatganligi haqidagi hujjatning asl nusxasi (örta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatganlar uçun diplom va diplom ilovasining asl nusxasi);
086-U-şakl böyiça tibbiy ma’lumotnoma;
pasport (pasport yoşiga yetmaganlar uçun tuğilganligi töğrisidagi guvohnoma)ning nusxasi;
3.5 x 4.5 sm hajmdagi 6 dona rangli fotosurat;
qonun hujjatlariga muvofiq öqişga kirişda imtiyoz beruvçi hujjatning asl nusxasi;
maxsus sirtqi bölim abituriyentlari uçun mehnat daftarçasidan belgilangan tartibda tasdiqlangan köçirma va tegişli vazirlik va idoralar tomonidan berilgan tavsiyanoma.
Töliq davlat ta’minotidagi yetim bolalar va közi ojizlar toifasiga kiruvçilar uşbu holatni tasdiqlovçi hujjatlarni topşiradilar.
Töliq davlat ta’minotidagi yetim bolalar toifasiga «Mehribonlik uylari»da yaşab ta’lim olgan, 18 yoşga tölmagan, otasi ham, onasi ham vafot etgan yoki sud qaroriga binoan vafot etgan deb e’lon qilingan bolalar kiradi.
Ariza şakli oliy ta’lim muassasasi tomonidan belgilanadi.
Tanlovdan taşqari öqişga kiriş huquqiga ega bölgan xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar va musobaqalar ğoliblari asl nusxadagi tasdiqlovçi hujjatlarni topşiradilar.
Abituriyent arizasida «özim haqimda quyidagilarni ma’lum qilaman» grafasiga hujjatlar bilan tasdiqlovçi holatlar (bolalikdan I va II guruh nogironlari, yetim, «Mehribonlik uylari» tarbiyalanuvçilari va boquvçisi yöq) qayd etiladi.
Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlari safida muddatli harbiy xizmatni ötab bölgan fuqarolar harbiy qism qömondonligining tegişli tavsiyanomasining aslini yuqorida körsatilgan hujjatlar bilan birgalikda taqdim etadilar.
Harbiy qism tavsiyanomasining şakli va uni beriş tartibi Mudofaa vazirligi, Içki işlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan belgilanadi.
Abituriyent tomonidan pasport (pasport yoşiga yetmaganlar tuğilganligi töğrisidagi guvohnoma) qabul komissiyasiga şaxsan körsatiladi.
Harbiy qismlar qömondonligi tavsiyanomalari ular berilgan kundan hamda muddatli harbiy xizmatni tugatgan davridan boşlab, uç yil mobaynida haqiqiy hisoblanadi (oliy ta’lim muassasasiga talabalikka qabul qilinganligi töğrisidagi rasmiy buyruq bölsa, imtiyozdan takroran foydalaniş mumkin emas).
Pedagogika ta’lim yönalişlariga hujjat topşirayotgan abituriyentlarga kasbiy layoqatiga muvofiq kasb tanlaşga kömaklaşiş oliy ta’lim muassasalari tomonidan oçiq eşiklar kuni, karera kuni, mehnat yarmarkasi tadbirlarini ötkaziş, şuningdek, abituriyentlardan hujjat qabul qiliş jarayonida fakultetlarda taşkil etilgan kasbga yönaltiriş xonalarida maslahatlar beriş orqali amalga oşiriladi.
Körsatib ötilgan hujjatlar mavjud bölganda oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi abituriyentning hujjatlarini qabul qilişni rad etişga haqli emas.
Hujjatlar qabul qilişning belgilangan muddatlari tugagandan söng hujjatlarga qöşimçalar va özgartirişlar kiritiş qat’iyan man qilinadi.
Abituriyent tomonidan topşirilgan hujjatlarning qalbakiligi aniqlansa, u holda abituriyent (talaba) kiriş imtihonlaridan (oliy ta’lim muassasasidan) çetlaştiriladi hamda hujjatlari örnatilgan tartibda huquqni muhofaza qiliş organlariga yuboriladi.
Oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyalari 20 iyulgaça bölgan muddatda Davlat test markazi orqali Davlat komissiyasiga ta’lim yönalişi, öquv şakli va tili körsatilgan holda, abituriyentlarning soni haqida belgilangan şakldagi ma’lumotni imtiyozga ega bölganlar töğrisidagi ma’lumotlar bilan qöşib taqdim etadilar.”;
j) 17-band uçinçi xatboşidagi “test natijalari” sözlari “abituriyentlarning oliy ta’lim muassasalariga tavsiya etilganligi” sözlari bilan almaştiriladi;
z) 18-bandning beşinçi xatboşi quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“ballar ketma ketligi böyiça röyxatdagi oldingi abituriyent qöşimça tölov-kontrakt asosida öqişni arizasi bilan rad etgan holda yoki kiriş imtihonlari natijalari e’lon qilingan kunidan boşlab belgilangan muddatda ariza bermaganda röyxatdagi keyingi abituriyent qöşimça tölov-kontrakt asosida öqişga tavsiya etiladi;”;
y) 20-band birinçi xatboşi quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“20. Kiriş imtihonlarida töplagan natijalari eng yuqori ballning 30% dan kam bölmagan, asosiy kvotalar doirasida va Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan qöşimça örinlarga qabul qilinmay qolgan va öqiş istagini bildirgan abituriyentlarga birinçi öquv yiliga amalda örnatilgan tölov-kontrakt miqdoriga nisbatan 10 barobardan ortiq oşirilgan tölov-kontrakt miqdorida tölov tölaş şarti bilan öqişga kiriş huquqi beriladi va uşbu abituriyent Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatlarda tölov-kontrakt şartlarini birinçi öquv yili uçun töliq bajargandan söng, oliy ta’lim muassasasi rahbarining buyruği bilan öqişga qabul qilinadi.”;
q) 23-band ikkinçi xatboşidan keyin quyidagi mazmundagi xatboşi qöşiladi:
“Zulfiya nomidagi Davlat mukofotlari sohibalari yuqorida qayd etilgan imtiyozdan faqat bir marta foydalaniş huquqiga ega.”;
l) 23-band törtinçi xatboşidagi “Madaniyat va sport işlari vazirligi” sözlari “Madaniyat vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi” sözlari bilan almaştiriladi;
m) 24-banddan söng quyidagi mazmundagi 24-1-band qöşiladi:
“24-1. Harbiy qism qömondoni (rahbariyati) va Özbekiston yoşlar ittifoqi boşlanğiç taşkiloti tavsiyasiga ega, harbiy qismda yuqori natijalarga erişgan, faol va şijoatli yoş harbiy xizmatçi oliy ta’lim muassasalariga tasdiqlangan davlat granti kvotalariga qöşimça ravişda, imtihonlarsiz qabul qilinadi.”;
n) 25-band ikkinçi xatboşidagi “I guruh közi ojiz nogironlar” sözlari “közi ojizlar toifasiga kiruvçilar” sözlari bilan almaştiriladi;
o) 26-banddan söng quyidagi mazmundagi 26-1-band qöşiladi:
“26-1. Oliy ta’lim muassasalari bakalavriat ta’lim yönalişlariga qabul qiliş töğrisidagi qarorlardan norozi bölganlar belgilangan tartibda, tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bölgan vazirliklar va idoralar yoki sudga murojaat qiliş huquqiga ega.”.
Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni öqişga qabul qiliş tartibi töğrisida nizomning 1-ilovasi Oliy ta’lim muassasalarida yagona köp balli baholaş tizimi böyiça kasbiy (ijodiy) imtihonlarni ötkaziş tartibining 8-bandidagi “imtihonlarga” sözlari “imtihonlarga (imtihon bosqiçi yoki turiga)” sözlari bilan almaştiriladi.
Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni öqişga qabul qiliş tartibi töğrisida nizomning 2-ilovasi Öqitiş tojik, qozoq, turkman va qirğiz tillarida olib boriladigan ayrim ta’lim yönalişlari böyiça kiriş imtihonlarini qabul qiliş tartibining 5-band birinçi xatboşidagi “(tegişli ravişda 111,6 ball, 75,6 ball yoki 39,6 ball)” sözlari çiqarib taşlanadi.
Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni öqişga qabul qiliş tartibi töğrisida nizomning 2-ilovasi Oliy ta’lim muassasalariga tölov-kontrakt böyiça belgilangan kvotadan taşqari qöşimça ravişda öqişga qabul qilişni taşkil etiş sxemasidagi “(68,0 ball)” sözlari çiqarib taşlanadi.
2-ilovada:
a) 3-band beşinçi xatboşi quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“Tanlov har bir oliy ta’lim muassasasi böyiça magistrlik mutaxassisligi, öqitiş tili va şakliga köra alohida ötkaziladi. Ayrim magistratura mutaxassisliklari böyiça hududlar, şuningdek, kadrlar buyurtmaçilari kesimida maqsadli qabul kvotalari tasdiqlangan taqdirda, tanlov har bir hudud, şuningdek, kadrlar buyurtmaçilari (oliy ta’lim muassasasi) böyiça alohida ötkaziladi.”;
b) 4-band birinçi xatboşi quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“Kiriş sinovlari özbek, rus, tojik, Qoraqalpoğiston Respublikasi hududidagi oliy ta’lim muassasalarida qoraqalpoq tillarida ötkaziladi.”;
v) 7-banddan söng quyidagi mazmundagi 7-1-band qöşiladi:
“7-1. Bakalavriat bosqiçida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotlari sohibalari bölgan talabalar oliy ta’lim muassasalarining magistraturasiga tegişli ta’lim yönalişi va Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan belgilangan turdoş (magistraturaga qabul böyiça) oliy ta’lim yönalişlari röyxati böyiça kiriş sinovlarisiz qöşimça davlat grantlari asosida qabul qilinadilar.
Zulfiya nomidagi Davlat mukofotlari sohibalari yuqorida qayd etilgan imtiyozdan faqat bir marta foydalaniş huquqiga ega.”;
g) 10-band oltinçi xatboşidan söng quyidagi mazmundagi xatboşi qöşiladi:
“qonun hujjatlariga muvofiq öqişga kirişda imtiyoz beruvçi hujjatning asl nusxasi.”;
d) 12-band quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“12. Hujjatlar taqdim etilişi jarayonida abituriyentlar pasportini şaxsan körsatadilar.”
ye) 14-band quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“14. Magistraturaga kiriş sinovi umumiy ballari quyidagilardan taşkil topadi:
magistraturaga kirişda tanlagan mutaxassislik böyiça bilim darajasini belgilovçi maxsus fanlardan sinov ötkaziladi (baholaş mezoni 0 balldan 100 ballgaçani taşkil etadi);
çet tili (xorijiy filologiya, xorijiy til va adabiyoti ta’lim yönalişlari bazasidagi mutaxassisliklar uçun ikkinçi çet tili) fani böyiça sinov ötkaziladi (baholaş mezoni 0 balldan 50 ballgaçani taşkil etadi);
Oliy ta’lim muassasasi bitiruvçisining umumiy reytingi yoki özlaştiriş körsatkiçi (özlaştiriş tegişli ravişda 55 balldan 100 ballgaça bölgan diapazonda yuzdan bir aniqlikda, özlaştirgan fanlarining örtaça bali orqali ifodalanadi) aniqlanadi.
Xalqaro tan olingan çet tilini biliş darajasi haqidagi sertifikat (TOEFL böyiça kamida 58 yoki IELTS böyiça kamida 5 ball, TestDaF (TDN3), CEFR böyiça kamida V2) yoki Davlat test markazi tomonidan beriladigan Çet tilini biliş darajasi haqidagi V2 yoki S1 darajasidagi sertifikat taqdim etganlarga çet tilidan 50 ball qöyiladi va ular çet tilidan kiriş sinovida iştirok etmaydi.
Magistraturaga öqişga kirişda eng köp (maksimal) töplanişi mumkin bölgan ball — 250 ni taşkil etadi.”
j) 30-band çiqarib taşlanadi va mazkur nizomning bob hamda bandlarining tartib raqamlari muvofiqlaştiriladi;
z) 31-banddan söng quyidagi mazmundagi 31-1-band qöşiladi:
“31-1. Oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga qabul qiliş böyiça qarorlardan norozi bölganlar belgilangan tartibda, tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bölgan vazirliklar va idoralar yoki sudga murojaat qiliş huquqiga ega.”.
3-ilovada:
a) 2-band quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“2. Uşbu Nizom Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boşqaruvi akademiyasiga, Özbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasiga, harbiy oliy ta’lim muassasalariga, Özbekiston Respublikasidagi xorijiy oliy ta’lim muassasalari va filiallariga tatbiq etilmaydi.”;
b) 2-banddan söng quyidagi mazmundagi 2-1-band qöşiladi:
“2-1. Xorijiy fuqarolarning öqişini xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan Özbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga köçiriş (tiklaş) suhbat asosida amalga oşiriladi. Ularning tölov-kontrakt mablağlari miqdori amaldagi qonun hujjatlari böyiça belgilanadi.”
v) 3-band ikkinçi xatboşi quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“Ma’lumotlar bazasi tarkibiga mazkur Nizom, topşiriladigan hujjatlar namunalari, xorijiy fuqarolar uçun sinovlarni ötkaziş muddatlari, manzili va jadvali kiritiladi.”;
g) 4-band uçinçi xatboşi quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“oliy ta’limning turdoş ta’lim yönalişlari röyxati Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan işlab çiqiladi va Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.”;
d) 6-,7-bandlardagi “(mutaxassisliklari)” sözlari “hamda mos mutaxassisliklari” sözlari bilan almaştiriladi;
ye) 8-band törtinçi xatboşi quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“bir oliy ta’lim muassasasi doirasida yoki bir vazirlik (idora) va turli vazirliklar (idoralar) tasarrufidagi oliy ta’lim muassasalariga oliy ta’limning turdoş bölmagan ta’lim yönalişlariga va istisno tariqasida mos bölmagan mutaxassisliklariga.”;
yo) 9-band quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“9. Quyidagi holatlar fuqaroning öqişini köçiriş va qayta tiklaş haqidagi arizasiga rad javobini berilişiga asos böladi:
xorijiy davlatlarning akkreditatsiyaga ega bölmagan oliy ta’lim muassasalarida yoki ularning filiallarida öqiganlarga;
respublika oliy ta’lim muassasalaridagi mavjud ta’lim şaklidan özga (boşqa) ta’lim şaklida öqiganlarga;
oliy ta’lim muassasalarining markazlari, bölimlari, öquv-maslahat punktlari va boşqalarda öqiganlarga;
oliy ta’lim muassasasida mos (turdoş) ta’lim yönalişi (mutaxassisligi) yoki ta’lim şakli mavjud bölmasa;
namunaviy öquv rejalaridagi umumkasbiy va ixtisoslik (mutaxassislik) fanlari böyiça farqlar 4 tadan oşganda;
tölov-kontrakt asosida öqişga tavsiya etilganlar tölovni belgilangan muddatda amalga oşirmaganda;
talabaning şaxsiy yiğma jildi (akademik ma’lumotnoma) belgilangan muddatlarda taqdim etilmaganda;
oliy ta’lim muassasasiga davlat granti asosida köçiriş va qayta tiklaş davlat granti asosida ta’lim oluvçilar soni (qabul kvotalari) doirasida böş örinlar mavjud bölmasa;
oliy ta’lim muassasasining moddiy-texnika bazasining imkoniyati çeklanganda;
maqsadli qabul qilinganlar boşqa ta’lim yönalişi yoki ta’lim şakliga, boşqa oliy ta’lim muassasasiga;
bir ta’lim şaklidan boşqa ta’lim şakliga (öqiş davrida farzandli bölgan ayollarning öqişini köçirişi bundan mustasno);
bir ta’lim şaklidan maxsus sirtqi ta’lim şakliga hamda maxsus sirtqi ta’lim şaklidan boşqa ta’lim şakliga;
qonunçilikda belgilangan boşqa holatlarda.
Fuqaroning öqişini köçiriş (qayta tiklaş) böyiça arizasiga rad javobi berilgan taqdirda, arizani körib çiqiş uçun belgilangan muddatda, arizada körsatilgan manzilga, arizani körib çiqqan komissiya yoki komissiya vakolat bergan taşkilot tomonidan javob xati yöllanadi.”;
j) 10-band quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“10. Talabalarning öqişini köçiriş va qayta tiklaşni rasmiylaştirişda oliy ta’lim muassasasi rektori (direktori) belgilangan tartibda öquv rejalari va dasturlardagi mavjud akademik qarzlarni yoki farqlarni (namunaviy öquv rejalaridagi umumkasbiy va ixtisoslik (mutaxassislik) fanlari böyiça farqlar 4 tadan oşmasligi lozim) topşiriş tartibi va muddatlarini (joriy semestr davomida), öqitiş kursi (semestri) hamda öqişga qabul qilişning qonun hujjatlarida belgilangan boşqa şartlarini belgilaydi.”;
z) 14-banddagi “sxema” sözidan keyin “(tartib)” sözi qöşiladi;
i) 15-band törtinçi xatboşi quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“Talabalar öqişini köçiriş uzrli sabablarga köra (respublikaning bir hududidan ikkinçi hududiga doimiy yaşaş uçun yoki turmuşga çiqiş munosabati bilan turmuş örtoği doimiy yaşaydigan (pasport böyiça doimiy röyxatdan ötgan) hududga köçib ötganda, turmuş örtoği yoki ota-onasi harbiy xizmat ötaş joyini özgartirganda Özbekiston Respublikasidagi oliy ta’lim muassasalari talabalari uçun, yoxud ota-onasi (turmuş örtoği) xorijdagi davlat xizmatidan qaytganda) bahorgi semestrda öquv maşğulotlari boşlanişidan oldin ham amalga oşirilişi mumkin. Bunda:”;
y) 17-band ikkinçi xatboşi quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“köçiriş (qayta tiklaş)ni istagan ta’lim yönalişi (mutaxassisligi), öquv tili va şakli körsatilgan holdagi ariza (arizada öqigan oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yönalişi (mutaxassisligi), ta’lim şakli, maqsadli qabul böyiça öqişga kirmaganligi, köçiriş (qayta tiklaş) sabablari, köçiriş (qayta tiklaş) qoidalari bilan tanişganligi körsatiladi);”;
k) 20-band birinçi xatboşidan keyin quyidagi mazmundagi xatboşi qöşiladi:
“Öqişi köçirilişiga ruxsat etilgan talabaning maqsadli qabul asosida öqiyotganligi öqib turgan oliy ta’lim muassasasi tomonidan tekşiriladi va haqiqatda maqsadli qabul asosida öqiyotganligi aniqlangan taqdirda mazkur talabaning öqişini köçirilişi mumkin emasligi töğrisida sörovnoma yuborgan oliy ta’lim muassasasiga hamda talabaga uç kun muddatda tegişli xat yöllanadi.”;
q) 22-band quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“22. Öqişning barça şakllari böyiça oliy ta’limning mos va turdoş yönalişlari hamda mos mutaxassisliklari böyiça davlat grantlari örinlariga köçirişga faqat davlat grantlari asosida tahsil olgan talabalar arizasiga köra oliy ta’lim muassasalarida tegişli öquv yilidagi qabul qiliş kvotalarida belgilangan davlat grantlarining soni doirasida ruxsat etiladi.
Boşqa hollarda şuningdek, xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan öqişni köçiriş tölov-kontrakt asosida amalga oşiriladi.”;
l) 23-band quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“23. Xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan öqişini Özbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga köçiriş va köçirib qayta tiklaş istagini bildirgan Özbekiston fuqarolari tasarrufida oliy ta’lim muassasalari mavjud vazirlik va idoralarda taşkil qilingan komissiyalarda muayyan ta’lim yönalişidagi öqişga kiriş fanlari böyiça öqiydigan tilidan maxsus sinov (komissiya tomonidan belgilangan test yoki yozma iş şaklida) topşiradi.
Turmuş örtoği yoki ota-onasi xorijiy davlatdagi davlat xizmatini ötaş joyi Taşqi işlar vazirligi (vakolatli idoralar) tomonidan Özbekiston Respublikasiga ötkazilgan, Hukumat qarorlari va topşiriqlari hamda oliy ta’lim muassasalariga ega vazirlik va idoralar tomonidan davlat buyurtmasi bilan xorijga öqişga yuborilganlarning öqişini Özbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga köçiriş maxsus sinovlarsiz Davlat komissiyasi qaroriga asosan amalga oşiriladi.
Fuqaroning maxsus sinov (komissiya tomonidan belgilangan test yoki yozma iş şaklida) natijasi Idoralararo komissiyaga taqdim etiladi. Maxsus sinov (komissiya tomonidan belgilangan test yoki yozma iş şaklida) natijasidan kelib çiqib, fuqaro Idoralararo komissiya qarori bilan körsatilgan öquv şaklidagi guruhlarga tölov-kontrakt asosida köçiriladi.
Köçirilayotgan oliy ta’lim muassasasida tegişli öqitiş tili mavjud bölmasa, öqitiş tilini tanlaş fuqaroning arizasiga muvofiq amalga oşiriladi.”;
m) 23-banddan söng quyidagi mazmundagi 23-1-, 23-2-bandlar qöşiladi:
“23-1. Xalqaro tan olingan taşkilotlarning oliy ta’lim muassasalari reytingida birinçi 1000 talik röyxatdan joy olgan Rossiya oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan talabalarning arizalariga muvofiq öqişi Davlat komissiyasi qarori bilan Özbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga sinovlar (test, yozma iş)siz tölov-kontrakt asosida köçiriladi.
Xalqaro tan olingan taşkilotlarning oliy ta’lim muassasalari reytingida birinçi 1000 talik röyxatdan joy olgan Rossiya davlat oliy ta’lim muassasalari röyxati har yili Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligi rasmiy saytida e’lon qilinadi.
23-2. Xorijiy oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqiçida tahsil olayotgan talabalar öqişini Özbekiston Respublikasidagi oliy ta’lim muassasalariga köçirilişiga ruxsat etilmaydi (turmuş örtoği yoki ota-onasi xorijiy davlatdagi davlat xizmatini ötaş joyi Taşqi işlar vazirligi (vakolatli idoralar) tomonidan Özbekiston Respublikasiga ötkazilgan Özbekiston fuqarolari (xorijiy oliy ta’lim muassasasining bakalavr diplomiga ega bölganlarning diplomi örnatilgan tartibda nostrifikatsiyadan ötkazilgan taqdirda) bundan mustasno).”;
n) 24-band quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“24. Oliy ta’lim muassasasi rektorining talabani örnatilgan tartibda va belgilangan muddatda darslarga qatnaşişiga ruxsat etiş töğrisidagi buyruği talaba ilgari ta’lim olgan oliy ta’lim muassasasidan uning şaxsiy yiğma jildi (şaxsiy yiğma jild jönatilişi mumkin bölmagan hollarda - akademik ma’lumotnomasi) olingandan keyin rasmiylaştiriladi.
Tölov-kontrakt asosida öqişi köçirilganlarni talabalar safiga öqişga qabul qiliş töğrisidagi oliy ta’lim muassasasi rektorining buyruği ular tomonidan belgilangan muddatda şartnoma tölovlari bajarilgandan söng 10 kun muddatda qabul qilinadi.”;
o) 29-band uçinçi xatboşi quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“uşbu Nizomning 7-bandida körsatilgan holatlar böyiça arizalar tegişli vazirlik (idora) tomonidan körib çiqilib, qaror qabul qilinadi va bu haqda ariza bergan şaxsga ma’lum qilinadi;
uşbu Nizomning 8-bandida körsatilgan holatlar böyiça arizalar Idoralararo komissiya tomonidan körib çiqilib, tegişli qaror qabul qilinadi.”;
p) 31-band quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“31. Oliy ta’lim muassasasi rektorining talabani talabalar safiga qayta tiklaşga, örnatilgan tartibda va belgilangan muddatlarda darslarga qatnaşişiga ruxsat etiş töğrisidagi buyruği (köçirib tiklaşda talaba ilgari ta’lim olgan oliy ta’lim muassasasidan uning şaxsiy yiğma jildi (şaxsiy yiğma jild jönatilişi mumkin bölmagan hollarda - akademik ma’lumotnomasi) olingandan keyin) rasmiylaştiriladi.
Tölov-kontrakt asosida öqişi tiklanganlarni talabalar safiga öqişga qabul qiliş töğrisidagi oliy ta’lim muassasasi rektorining buyruği ular tomonidan belgilangan muddatda şartnoma tölovlari bajarilgandan söng 10 kun muddatda qabul qilinadi.”;
r) 37-band ikkinçi xatboşi quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“Akademik qarzdorligi tufayli kursdan qoldirilgan talaba tölov-kontrakt asosida öqişini namunaviy öquv rejalaridagi umumkasbiy va ixtisoslik (mutaxassislik) fanlari böyiça farqlar 4 tadan oşmagan taqdirda muayyan kursdagi öquv semestri boşidan boşlaşi mumkin.”.