Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Oliy va örta maxsus ta'lim vazirining “Oliy ta'lim muassasalarida talabalar özlaştirişini baholaş tizimi töğrisida nizomni tasdiqlaş haqida”gi buyruği loyihasi joylaştirildi.
Nizomga köra, har bir işçi fan dasturi maşğulot va baholaş turlari, ularning şakllari va mezonlari körsatilgan holda kafedra mudiri tavsiyasi bilan oliy ta'lim muassasasi (fakultet)ning öquv-uslubiy kengaşida muhokama etiladi va oliy ta'lim muassasasi öquv işlari böyiça prorektori (öquv işlari böyiça direktor örinbosari) tomonidan tasdiqlanadi.
Fan böyiça baholaş turlari, şakllari, tartibi, soni hamda mezonlari haqidagi ma'lumotlar talabalarga professor-öqituvçilar tomonidan dastlabki maşğulotlarda e'lon qilinadi.
Talabalarning fan böyiça özlaştirişi oraliq va yakuniy baholaş turlari orqali aniqlanadi.
Oraliq baholaş (OB) - semestr davomida işçi fan dasturining tegişli (fanning bir neça mavzularini öz içiga olgan) bölimi tugagandan keyin talabaning bilim va amaliy könikma darajasini aniqlaş turi hisoblanadi.
Yakuniy baholaş (YaB) - semestr yakunida (tibbiyot oliy ta'lim muassasalarida fan yakunida) muayyan fan böyiça nazariy bilim va amaliy könikmalarning talaba tomonidan özlaştiriş darajasini aniqlaş turi hisoblanadi.
Talabalar özlaştirişini baholaş yozma iş şaklida ötkazilganda:
yozma işning mazmuni mantiqiy bayon etilganligi;
savol va topşiriqlarning yeçimiga yangiça uslubda yondaşilganligi;
yozma işni xato va nuqsonsiz bajarilganligi e'tiborga olinadi.
Tibbiyot oliy ta'lim muassasalari uçun OB va YaB klinik fanlar böyiça - OSCE (obektiv tizimlaştirilgan klinik sinov) yoki nazariy fanlar böyiça - OSE (obektiv tizimlaştirilgan imtihon), yozma, oğzaki, test yoki ularning kombinatsiyalangan şakllarida ötkaziladi.
Talabalarning har bir semestrda fanlarni özlaştirişi har bir baholaş turlari böyiça: 5 (a'lo), 4 (yaxşi), 3 (qoniqarli) va 2 (qoniqarsiz) körinişida baholanadi. 5, 4 va 3 baholar ijobiy hisoblanadi. Baholaşda raqam va matn bir xil talqin etiladi.
Malakaviy amaliyot, kurs işi (loyihasi), fan (fanlararo) davlat attestatsiyasi, bitiruv malakaviy işi, şuningdek magistraturada ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik işlar hamda magistrlik dissertatsiyasi böyiça talabalar özlaştirişi ham yuqoridagi baholaş turlari böyiça baholanadi.

















