Özbekiston birinçi prezidentining kiçik qizi Karimovlar oilaviy qanday dam olgani haqida sözlab berdi.

Foto: Facebook/Karimov Fondi

“Bahorgi ta'til kunlarida bolalar bilan ota-onamdan xabar oliş uçun Toşkentga kelgan edik. Navröz bayrami arafasi edi. Otam nabiralarini körganda hamişa nihoyatda quvonar edilar. Farzandlarim ham bobosini katta xursandçilik va qiy-çuv bilan kutib olişar va ostonadanoq öz öyinlariga çorlar edilar”, - deydi Lola Karimova-Tillayeva.

Uning ta'kidlaşiça, Islom Karimov köp holatlarda “Bolali uy bozor, bolasiz uy mozor” maqolini takrorlar edi.

“Keçki ovqat paytida otam Samarqandni nabiralariga körsatiş istaklari borligini aytdilar va biz ertasi kuniyoq Samarqandga yöl oldik. Bu juda ham fayzli safar böldi. Qadimgi obidalarni borib kördik, ajdodlarimiz ruhiga hurmat bajo aylab, ular dafn etilgan makonlarni ziyorat qildik. Otam kuçli xotira egasi edilar, va Samarqand tarixiga oid köpgina qiziqarli voqealarni bizlarga sözlab berdilar. Katta qizim Mariyamga Registon maydoni töğrisida batafsil gapirib berganlari, Tillakori madrasasining gözal bezaklarini hayratda tomoşa qilganimiz hali ham köz oldimda”, - deya aytib ötdi Özbekiston birinçi prezidentining qizi.

“Samarqandga qilgan uşbu safarimizdan ikki yildan sal oşiq vaqt ötib, ayni şu maydon va madrasa yonida otam bilan vidolaşib, ularni mangu maskanlariga kuzatdik”, - deya xulosa qildi u.