25 oktabr kuni Toşkent xalqaro Vestminster universiteti binosida Innovatsion Rivojlaniş vazirligi hamda CityU (Gongkong), UdacityX MOOC (AQŞ), MOOC Iversity (Niderlandiya/Germaniya), Open Polytechnic (Yangi Zelandiya) ta'lim muassasalari bilan hamkorlik töğrisida kelişuv tuzildi. Mazkur hujjat “Innoweek” Xalqaro innovatsion haftaligi doirasida imzolangan önlab şartnoma va memorandumlardan farqli ravişda masofadan turib imzolandi, deb xabar beradi Kun.uz muxbiri. 

Foto: Innovatsion Rivojlaniş vazirligi matbuot xizmati

Bir neça kun avval bir tomonlama imzolab, poçta orqali jönatilgan kelişuvlar onlayn tarzda Innovatsion rivojlaniş vaziri Ibrohim Abdurahmonov hamda UdacityX ta'sisçisi Daniel Zaretskiy tomonidan vazirlik va universitet mas'ullari iştirokida imzolandi. Öz navbatida tomonlar ilğor xalqaro ta'lim standartlari darajasidagi yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlaşni mukammallaştiriş, oliy ta'lim oliş imkoniyatlarini kengaytiriş, yoşlarning imkoniyatlaridan kengroq foydalaniş uçun şart-şaroitlar yaratiş, oliy ta'lim tizimga innovatsion usullarni joriy qiliş, şuningdek mazkur sohada xalqaro hamkorlikni rivojlantiriş maqsadida "Kelajak universiteti"ni taşkil etişga kelişişdi.

Foto: Innovatsion Rivojlaniş vazirligi matbuot xizmati

Ta'kidlaş joizki, xorijiy hamkorlar mazkur loyihaga 40,0 mln. AQŞ dollari miqdorida investitsiya kiritadi. Loyiha doirasida oliy ta'lim jarayoniga ilğor pedagogik va axborot texnologiyalarini, ilm-fanning eng sönggi yutuqlarini va texnikalarni joriy qiliş nazarda tutilgan. Buning uçun elektron axborotlarni va ta'lim resurslarini (özbek va rus tillariga tarjima qilingan) öz içiga olgan hamda talabalar (yiliga 50 ming nafar atrofida) tomonidan ta'lim dasturlarini, ularning qayerda bölişlaridan qat'iy nazar, özlaştirişlarini ta'minlaydigan elektron axborot-ta'lim muhitining işlaşi uçun şart-şaroitlar yaratiladi.

Öqiş jarayoni şunçaki matnlar yoki ma'ruzalarni köçirib olişdan iborat emas, balki bosqiçma-bosqiç ta'lim dasturini özlaştirişdan iborat böladi. Masofadan oliy ma'lumotga olmoqçi bölgan talabalar maxsus platformadan foydalangan holda çuqur bilimlarni egallaşadi. Mazkur smart-texnologiya har bir talabaning öz ID profili bölişini talab etadi. Har bir profil egasining yuz harakatlaridan tortib, kompyuter tugmalarini bosiş usuligaça bölgan ma'lumotlarni xotirasida saqlaydigan dastur aynan şu talabaning öqiş jarayonida iştirok etişini ta'minlaydi. Bunda talaba bir kunda uç soat vaqtini ta'limga sarflaşi talab qilinadi. Agar uning örniga boşqa odam platformaga kirsa, tizim bloklanadi.