Bugun, 19 noyabrda Toşkentda “Bolalarning har tomonlama rivojlanişi uçun innovatsion öqiş muhitining örni” deb nomlangan xalqaro konferensiya bölib ötdi. Özbekistondagi maktabgaça ta'lim muassasalarida bolalarning har tomonlama rivojlanişi uçun innovatsion öqiş muhitining dolzarbligiga bağişlangan mazkur xalqaro anjuman Maktabgaça ta'lim vazirligi (MTV), Jahon banki va BMT Bolalar Jamğarmasi (YUNISEF) hamkorligida taşkil etildi.
Mahalliy va Rossiya, Janubiy Koreya, Janubiy Afrika, Buyuk Britaniyadan xalqaro ekspertlar hamda Yevropa Kengaşi Taraqqiyot banki, Jahon banki, YUNISEF, tegişli vazirliklar va davlat idoralarining mutaxassislari şahar va qişloq joylarda maktabgaça ta'lim infratuzilmasini quriş va yangilab, zamonaviylaştiriş sohasida tajriba almaşişdi.
"Raqobatdoş maktabgaça ta'lim tizimini yaratiş uçun yangi boşqaruv tamoyillarini joriy etiş lozim. Xususan, uning rivojlanişini axborot, kadr, boşqaruv va moliyaviy resurslarni integratsiyalaşuv va hamkorlik prinsiplari asosida ta'minlaş kerak. Maktabgaça ta'lim sohasida samarali loyihalaştiriş va ta'lim muhitini yaratiş mexanizmlarini joriy etiş maktabgaça bölgan nodavlat ta'lim muassasalar tarmoğini rivojlanişiga, ular körsatayotgan xizmat sifatini oşişiga, şuningdek, uşbu sohada soğlom raqobat muhiti şakllanişiga yordam beradi", dedi maktabgaça ta'lim vaziri Agrepina Şin.
Jahon banki vakolatxonasi rahbari Xideki Morining sözlariga köra, hukumat tomonidan 2021-yilga qadar 6-7 yoşdagi bolalarning maktabgaça ta'lim tizimiga kiriş imkoniyatini yuz foiz ta'minlaş rejalaştirilgan. Jahon banki uşbu sohadagi özining xalqaro tajribasini Özbekiston bilan ulaşişga va maktabgaça ta'lim tizimini isloh qiliş uçun moliyaviy resurslarni taqdim etişga tayyor.
Xususan, 2019 yilda Jahon banki mamlakat böylab bolalarni sifatli maktabgaça ta'lim oliş imkoniyati bilan ta'minlaşga qaratilgan loyiha uçun 55 mln dollar ajratadi. Şuningdek, uşbu mablağ umumta'lim maktabgaça tizimini, jumladan, şahar va qişloq joylardagi maktabgaça ta'lim muassasalaridagi ta'lim muhiti sifatini oşirişga qaratilgan loyihalarga yönaltiriladi.
2017 yilda Maktabgaça ta'lim vazirligi tomonidan 2000 oila örtasida ötkazilgan söroviga köra, ta'lim infratuzilmasi Özbekistonning maktabgaça ta'lim tizimi uçun ayniqsa dolzarbdir. Ota-onalar qoniqarsiz infratuzilma maktabgaça ta'lim uçun asosiy tösiqlardan biri ekanligini qayd etişdi.
Şu sababli anjuman qatnaşçilari hukumatning keyingi ön yil davomida minglab maktabgaça ta'lim muassasalarini quriş va ta'mirlaş haqidagi rejalarini olqişlaşdi. Ular bolalarning keyingi jismoniy, ruhiy va aqliy rivojlanişini ta'minlaş uçun samarali öqiş muhiti ğoyasining uşbu jarayonlarga joriy etilişi zarurligini e'tirof etişdi.

















