"Uy-joy kommunal xizmat körsatiş a'loçisi" kökrak nişoni Vazirlar Mahkamasining 11.12.2018 yildagi 1004-son qarori bilan ta'sis etildi.
Norma’ning yozişiça, u har yili uy-joy kommunal xizmat körsatiş sohasi rivojiga munosib hissa qöşgan, şuningdek:
• mamlakat aholisining uy-joy şaroitlarini yaxşilaş;
• muhandislik kommunikatsiyalarini öz vaqtida sifatli quriş va ta'mirlaş, ularning atrofidagi hududlarni obodonlaştiriş;
• uy-joy kommunal xizmatlar körsatiş taşkilotlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlaş va zamonaviy uskunalar bilan jihozlaş işlarida yuqori natijalarni qölga kiritgan şaxslarga topşiriladi.
XUMŞ, içimlik suvi va issiqlik ta'minoti korxonalari hamda uy-joy kommunal xizmat körsatiş sohasidagi boşqa taşkilotlar xodimlari (şu jumladan, şaxslar-norezidentlar) mukofot olişlari mumkin.
Dastlabki takliflar har yili 25 yanvargaça Qoraqalpoğiston Respublikasi UJKX vazirligi, viloyatlar UJKX boşqarmalari hamda Toşkent şahar UJKX boş boşqarmasiga taqdim etiladi. U yerda ular örganiladi va 25 fevralgaça respublika UJKX vazirligiga yuboriladi. Nomzodlarning yakuniy röyxatini u tomondan tuziladigan Komissiya şakllantiradi.
Kökrak nişoni har yili Uy-joy kommunal xizmat körsatiş sohasi xodimlari kuni (18 aprel) arafasida topşiriladi. Mukofotlangan şaxslar EKIHning 4 baravari miqdorida bir yöla tölanadigan pul mukofoti oladilar.
Hujjat 12.12.2018 yildan kuçga kirdi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistonda yana bir kökrak nişoni ta'sis etilişi xabar berilgandi.

















