Bu ro‘yxatga kiruvchilar Rossiya Federal xavfsizlik xizmatiga foydalanuvchilar yozishmalarini deshifrovkalash kalitlarini taqdim qilishlari shart. Bundan tashqari, foydalanuvchilarning barcha ma'lumotlari Rossiyada saqlanishi lozim.
Shu sababli Durov Buyuk Britaniya yuridik shaxslari davlat ro‘yxatiga kompaniyasini tugatish iltimosi bilan murojaat qilgan. Durov ushbu arizani 2018 yil 19 dekabrda topshirgan. Bu qaror Telegram’ning bloklanishiga ta'sir qilmaydi.
Mutaxassislarning fikricha, kompaniyaning tugatilishi Durov biznesi strukturasining o‘zgartirilishi mumkinligi bilan bog‘langan.
Kompaniya 2014 yil fevralda tashkil etilgan. Telegram messenjeri FXXning talabini bajarishdan bosh tortish sababli Rossiyada 2018 yil aprelida bloklangan. Messenjerni bloklash Roskomnadzor so‘ragan, javobgar Telegram Messenger LLP hisoblanadi.











