O‘zbekiston tog‘-metallurgiya kombinatlari IPO o‘tkazadi

O‘zbekiston metallurgiya kombinati (O‘zmetkombinat), Olmaliq va Navoiy tog‘-metallurgiya kombinatlari yaqin yillar ichida IPO – aksiyalarni dastlabki ommaviy joylashtirishni o‘tkazishi lozim. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qarorida aytilgan.
2019 yil 1 iyuligacha tog‘-metallurgiya tarmog‘ining yirik kompaniyalarini mahalliy va xalqaro fond birjalarida aksiyalarni dastlabki va ikkilamchi joylashtirish yo‘li bilangina investorlarni jalb qilishni ko‘zda tutuvchi isloh qilish va rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqiladi.
Tasdiqlangan jadvalga ko‘ra, “O‘zmetkombinat” AJ aksiyalarini 2022 yilda, “Olmaliq TMK” AJ 2023 yilda, aksiyadorlik jamiyatiga aylantiriladigan “Navoiy TMK” 2023 yilda joylashtirishi kerak.
O‘z navbatida NTMKning qayta tashkillashtirilishi 2019 yil 1 dekabrgacha yakunlanishi lozim. Shavkat Mirziyoyev ushbu korxonaning davlat ulushini tanlov asosida professional boshqaruvchi kompaniyalarga ishonchli boshqaruvga berish masalasi bo‘yicha takliflar kiritishni topshirgan.
2019 yildan boshlab tog‘-metallurgiya tarmog‘i korxonalariga moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga muvofiq moliyaviy hisobot tuzish va xalqaro auditorlik kompaniyalarini jalb qilgan holda mustaqil tashqi audit o‘tkazish majburiyati qo‘yildi.
Kelgusi yillarda korxonalar hisobga olish va hisobot bo‘yicha xalqaro standartlar tamoyillari va talablariga muvofiq korporativ ma'lumotni oshkor qilish tizimini tatbiq qilishlari lozim.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Britaniya razvedkasiga ilk bor ayol kishi rahbarlik qiladi
Jahon | 01:39
-
Shimoliy dengiz sohillaridan ulkan kitning jasadi topildi
Fan-texnika | 00:38
-
«Payshanba kuni Turkiyada kutaman». Zelenskiy Putinni shaxsan uchrashishga taklif qildi
Jahon | 22:43 / 11.05.2025
-
Rossiyada ma’muriy javobgarlikka tortilgan relokantlar mulkini musodara qilish boshlanadi
Jahon | 22:17 / 11.05.2025
Mavzuga oid

13:11 / 31.08.2024
FT: Durovga qarshi ish Telegram IPO'sini xavf ostiga qo‘yadi

16:01 / 27.04.2024
O‘zbekistondagi eng yirik kompaniyalar IPO o‘tkazadi. NKMKning 5 foizgacha, OKMKning 7 foizgacha aksiyasi sotuvga qo‘yiladi

18:36 / 12.10.2023
IPO: U nega kerak va qanday qilinadi?

11:55 / 08.08.2023