Özbekiston Respublikasining 2018 yil 22 oktyabrdagi ​«Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jamoat xavfsizligini ta'minlaşga qaratilgan özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi qonuni bilan telekommunikatsiya tarmoğidan qonunga xilof ravişda (ruxsatsiz) foydalanganlik (2787-modda) uçun jinoiy javobgarlik belgilandi. Uşbu modda nimani anglatadi? Bu internet foydalanuvçisining VPN ilovasidan foydalangani javobgarlikni nazarda tutadimi?

Özbekiston Respublikasining ​«Normativ-huquqiy hujjatlar töğrisida»gi Qonunining 43-moddasiga muvofiq Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari normalariga rasmiy şarh Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi tomonidan beriladi.

Şu tufayli Jinoyat kodeksining 2787-modda (telekommunikatsiya tarmoğidan qonunga xilof ravişda (ruxsatsiz) foydalaniş)si yuzasidan ilmiy-nazariy tuşuntiriş uçun Toşkent davlat yuridik universitetiga murojaat qildik.

​«2787-modda ikki qismdan iborat. Mazkur moddaning birinçi qismiga köra örnatilgan himoya tizimlarini çetlab ötgan holda telekommunikatsiya tarmoğidan foydalaniş va xalqaro trafikni ötkaziş maqsadida telekommunikatsiya tarmoğidan qonunga xilof ravişda (ruxsatsiz) foydalaniş, şuningdek mazkur maqsadlar uçun möljallangan maxsus dasturiy yoki apparat vositalarini qonunga xilof ravişda (ruxsatsiz) saqlaş va ularning faoliyat körsatişi uçun şaroitlar yaratiş eng kam oylik iş haqining yuz baravaridan uç yuz baravarigaça miqdorda jarima yoki bir yildan uç yilgaça ozodlikni çeklaş yoxud uç yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.

1999 yil 20 avgustdagi 822-I-sonli Özbekiston Respublikasining ​«Telekommunikatsiyalar töğrisida»gi qonunda «telekommunikatsiyalar», ​«telekommunikatsiyalar tarmoği» tuşunçalariga ta'rif berilgan.

Unga muvofiq telekommunikatsiyalar – signallar, belgilar, matnlar, tasvirlar, tovuşlar yoki axborotning boşqa turlarini ötkazgiçli, radio, optik yoki boşqa elektrmagnit tizimlaridan foydalangan holda uzatiş, qabul qiliş, qayta işlaş; telekommunikatsiyalar tarmoği esa – uzatişlarning bir yoki bir neça turini: telefon, telegraf, faksimil turlarini, ma'lumotlar uzatiş va hujjatli xabarlarning boşqa turlarini, televizion va radioeşittiriş dasturlarini translatsiya qilişni ta'minlovçi telekommunikatsiya vositalarining majmuini anglatadi.