Suhbatdoşni tinglaş u talaffuz etayotgan sözlarga quloq solişning özigina emas. Aks holda, suhbat mohiyatini qöldan boy berasiz. Yetakçi uçun atrofdagilarni tinglay biliş ayniqsa muhim – ana şunda u e'tiborli va tuşunadigan odam sifatida taassurot uyğota oladi.

Biroq yaxşi tinglovçi böliş hammaning ham qölidan kelavermaydi va buning olti sababi mavjud.

Foto: Unsplash

Siz özingiz gapirişni istaysiz

Köpçilik yoqimli taassurot uyğotişni xohlaydi va bunga erişiş usullaridan biri – öz bilimlari bilan örtoqlaşiş. Biron nimani hikoya qiliş istagi suhbatdoşni tinglaşda xalaqit qilişi mumkin. Çunki suhbatdoşingiz gapirayotgan vaqtda unga qanday javob qaytariş haqida öylaysiz.

Haqiqatan ham tinglayotgan bölsangiz, savollarga javobni oldindan emas, darhol öylab topişingiz mumkin.

Suhbatdoşingizga baho berasiz

Nima bölganda ham biz atrofdagilarning harakat hamda sözlarini muhokama qilamiz. Suhbatdoşimizning sözlaridan norozi bölganimizda uni tinglamay qöyamiz. «Ahmoq odamga nima uçun quloq solişim kerak?» deya öylaysiz özingiz bilmagan holda.

Bu notöğri yondaşuv. Yaxşisi suhbatdoşning öy va harakatlarini yaxşilab öylab, keyin baholagan ma'qul. Dastlab kişiga quloq soling, keyin u haqida xulosaga keling. Axir biror nimani közdan qoçirgan bölişingiz mumkin-ku.

Fikrlaringiz sizga xalaqit qiladi

Masalan, suhbatdoşingizning özi gapirayotgan mavzusi borasida tajribasi yöqligini bilsangiz, unga quloq solgingiz kelmaydi. Bu kabi notöğri fikrlardan xalos böling va suhbat berişi mumkin bölgan ijobiy natijalarga diqqatingizni qarating.

Foto: Unsplash

Bariga ego sababçi

Ulkan ego – köplab yetakçilarning muammosi. U sizga xuddi «Men aqlli bölsam, bu odamni tinglaşim kerakmikin?» deyayotganga öxşaydi. U sizga aql va ijtimoiy mavqei jihatidan sizdan past bölgan kişilarni tinglaşga xalaqit qiladi.