Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda 2020 yilgi saylovlardan keyin ayol kishi vitse-prezident bo‘lishi mumkin
AQShda demokratlardan prezidentlikka bir necha nomzodlarning ma'lum qilishicha, 2020 yilgi saylovlardan so‘ng ayol kishi vitse-prezident lavozimini egallashi mumkin. Bu haqda The New York Times xabar berdi.
Xususan, bu haqda nomzodlar Kori Buker va Beto O'Rurk o‘z fikrini bildirgan. Ularning ma'lum qilishicha, saylovlarda g‘alaba qozonishsa, bu lavozimga ayol kishini tayinlashadi.
Avvalroq, Reuters agentligi jurnalisti AQSh prezidentligiga nomzod demokrat Beto O`Rurkka zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan ma'lumotlarni yashirgani haqida xabarlar tarqaldi.
Ta'kidlanishicha, O'Rurk qachonlardir mashhur xakerlar guruhi faoliyatida ishtirok etgan, ammo keyinroq agentlik muxbirlari bu ma'lumotdan xabardor bo‘lgan, ular bu haqda O'Rurk senatdagi poygada Texasdan mag‘lub bo‘lmagunicha aytishmagan.
Bundan oldin, Tramp birinchi marta kongress qaroriga veto qo‘ygandi.
Mavzuga oid
10:56 / 11.07.2026
O‘zbekistonlik haydovchi Amerikada oqibati o‘lim bilan tugagan YTH sodir etdi
08:50 / 11.07.2026
Janubiy Koreya va AQShga noqonuniy migratsiya tashkil etmoqchi bo‘lganlar ushlandi
22:16 / 10.07.2026
Tramp o‘zi o‘ldirilgan taqdirda Eronni «bombalab tashlashni» buyurdi
11:07 / 10.07.2026