8562.34 USD +26.60

9731.96 EUR +165.96

135.34 RUB +2.77

10908.4 GBP +161.92

22:57 / 24.05.2019 16556

Olmazor tumanini aylangan prezident, iste'foga chiqqan Tereza Mey, 175 yilga qamalayotgan Assanj va kunning boshqa xabarlari

Yakunlanib borayotgan 24 may, juma kuni O‘zbekiston va jahonda yuz bergan voqea-hodisalar hamda yangiliklarning eng muhimlari va eng saralari bilan KUN.UZ dayjestida tanishtiramiz.

 

O‘zbekiston xabarlari

Bugun O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Sh.Mirziyoyev bosh vazir A.Aripov bilan birgalikda Olmazor tumanini aylanishdi.

·       Prezident Talabalar shaharchasiga tashrif buyurdi

·       O‘zMUda yangi fakultetlar ochilishi mumkin. Prezident akademiklar va yosh tadqiqotchilar bilan uchrashdi

 

Boshqa xabarlar

·       Germaniya prezidentining O‘zbekistonga tashrifi bo‘yicha rasmiy ma'lumot berildi

·       Amerika Qo‘shma Shtatlari va Janubiy Koreya elchilari ishonch yorliqlarini topshirishdi

·       Qurilish sohasiga «Shaffof qurilish» milliy axborot tizimi joriy etiladi

·       Prezident qarori: O‘zbekistonda hokimlarning o‘rinbosarlari soni yana bittaga ko‘paydi

·       Samarqand shahar hokimi vazir o‘rinbosari bo‘ldi

 

Iqtisodiyot va moliya

·       Alixonov: taxminan 40 yilda neft, 50-60 yilda gaz, 100 yilda ko‘mir zaxiralari tugaydi

·       O‘zbekiston Qozog‘istondan bug‘doy importi bo‘yicha yetakchiga aylandi

·       Germaniyaning Roland Berger kompaniyasi O‘zbekistonda yo‘llar qurish strategiyasini ishlab chiqadi

·       Markaziy bank mobil ilovalar orqali valuta sotib olish hajmi keskin oshganini ma'lum qildi

·       Indoneziyada «Hijab Travel» televizion dasturi O‘zbekiston haqidagi maxsus ko‘rsatuvlar namoyishini boshladi

·       Hazoraspda yirik yengil sanoat kompleksi ishga tushirildi

 

Jamiyat

·       Saida Mirziyoyeva matbuot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qaror loyihasi e'lon qilinganini ma'lum qildi

·       O‘zbekistonda faoliyati qayta tiklangan saytlar o‘zgarishlarni qanday baholaydi?

·       Sog‘liqni saqlash vazirligi ogohlantiradi: Chustdagi artezian quduq suvi – ichimlik suvi sifatida foydalanishga yaroqsiz

·       Sog‘liqni saqlash vazirligi: Majburiy mehnatga qarshi keskin va qat'iy choralar ko‘riladi

·       Davlat xizmatchilari daromadini deklaratsiya qilish qachon yo‘lga qo‘yiladi?

·       Kundalik.uz: maktablarda jurnal va kundaliklar elektron shaklga o‘tkaziladi

·       Yangi turar joylarga navbatlarning shaffofligini oshirish taklif etildi

 

Huquq-tartibot

·       MIBga yangi vakolat berildi

·       Prokurorning vakolatlariga o‘zgartirish kiritildi

·       Qonunchilikda «militsiya» so‘zi butunlay ishlatilmaydigan bo‘ldi

·       «Stop-chiziq»ni bosib kirganlik uchun jarima kamaytirildi

·       «Tonirovka» uchun jarima miqdori keskin oshirildi

·       3 nafar ishtixonlik yoshlarning jinoyatga qo‘l urishiga ishsizlik sabab bo‘lmagan!

·       O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi siyosat qay ahvolda?

 

Intervyular, reportajlar, tahliliy maqolalar

·       Ishtixondagi mudhish qotillikka eltgan sabablar: nima uchun bunday voqea yuz berdi?

·       Kadastrning yangicha «taktika»si: Past Darg‘omda auksionda yer sotib olgan tadbirkor sarson qilinmoqda

·       Vodiy va voha ahli yopirilib kelayotgan Chust suvi haqida haqiqatni izlab. Suv ichishga yaroqlimi yoki yo‘q?

·       Barchaning tiliga tushgan kapalaklar to‘dasi qayerdan kelib qoldi?

·       Toshkent shahar hokimligi Sergelida buzilayotgan yog‘ochli uylar to‘g‘risida izoh berdi

 

JAHON XABARLARI

·       «O‘zim sevgan mamlakatga xizmat qilganimdan behad minnatdorman». Mey ko‘zda yosh bilan iste'foga chiqdi

·       Assanjga AQShda yangi ayblovlar qo‘yildi. U 175 yilga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin

·       Polshada O‘zbekistonning ikki fuqarosi avtohalokatga uchraganligi aytilmoqda

·       «Zelenskiyning do‘stlari». Yangi prezident ilk tayinlovlarni amalga oshirdi. Ular kimlar?

·       Kobuldagi masjidda portlash sodir bo‘ldi

 

Sport xabarlari

·       Rasman: Superliga klublarining futbolchi va murabbiylar oldida qarzi qolmadi

·       Xokkey bo‘yicha jahon chempionati yarimfinalchilari ma'lum bo‘ldi

·       APL pullarni taqsimladi: 20-o‘rindagi jamoa 120 million dollardan ko‘proq ishladi

·       «Manchester Siti» Gvardiolaning «Yuventus»ga ketishi haqidagi xabarni rad etdi

·       Lippi Xitoy milliy jamoasiga qaytdi

Top