Özbekistonga kelayotgan xorijiy sayyohlar oqimini aviataşuvlar tizimida mavjud muammolarni yeçiş yöli orqali köpaytiriş maqsadida Özbekiston Prezidentining 2019 yil 13 avgustdagi “Özbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmoni bilan 2019 yilning 1 oktyabridan “Qarşi”, “Nukus” va “Termiz” xalqaro aeroportlarida “beşinçi havo erkinligi” darajasini qöllagan holda “Oçiq osmon” rejimi joriy qilinadi, “Buxoro” xalqaro aeroporti ham xorij fuqarolarini taşiş uçun xuddi şunday erkinlikni qölga kiritadi.
Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasining Taşiş tizimini yaxşilaşga kömaklaşiş bölimi boşliği v.b. Zafarjon Vohidov “Oçiq osmon” rejimi böyiça izoh berdi.
“Oçiq osmon” nima degani? Oçiq osmon bu xorijiy aviakompaniyalar uçun mamlakat havo yöllaridan foydalaniş imkoni va şartlarini liberallaştiriş va yengillaştiriş demakdir. Uşbu rejim mamlakatga kelayotgan turistlar oqimni oşiriş hamda uning mintaqaviy aviatsion xab sifatidagi salohiyatini oşiriş uçun qöllaniladi. “Oçiq osmon” rejimi bozorni xalqaro aviakompaniyalarga mamlakat aeroportlari va ularning quruqlikdagi xizmatlari uçun oçadi. “Oçiq osmon”ning asosiy tamoyillari nafaqat tranzit parvozlar uçun huquq taqdim etiş, balki hukumatning marşrutlar hamda aviakompaniyalarning narx hosil qiliş va belgilaş jarayonlariga aralaşmaslik, şuningdek samolyotlar va ularning quvvati turlariga doir çeklovlarning yöqligini ham anglatadi”, - deydi u.
Jahon tajribasiga köra, “Oçiq osmon” siyosatining qöllanilişi yölovçi taşuvlarini örtaça 35 foiz (usiz 8 foiz)ga oşiriş imkonini berdi. Bu şuningdek aviaçiptalar narxini 20 foizdan 40 foizgaça pasaytirdi. Bundan taşqari, mazkur rejim ön minglab yangi iş örinlarini yaratadi. Masalan, Avstraliya va Yangi Zelandiya örtasidagi kelişuv 40 ming kişini iş bilan ta’minladi, Singapurdagi liberal havo rejimi 163 ming iş örnini yaratdi. Umuman olganda, bugunga kelib fuqaro aviatsiyasi dunyo miqyosida 63 million kişini iş bilan ta’minlamoqda va uning jahon YaIMdagi hissasi 3,5 foizni taşkil qiladi.
Ta’kidlaş joizki, havo kengligidagi erkinlik fuqaro aviatsiyasining qator qoidalarini özida jamlaydi va bu qoidalar bir mamlakat aviakompaniyasiga boşqa mamlakatning havo kengligiga kiriş hamda uning hududiga qöniş huquqini beradi. Mazkur qoidalar 1944 yilgi “Xalqaro fuqarolik aviatsiyasi töğrisidagi konvensiya”da qayd etilgan aviatsiya liberallaşuv darajasi böyiça murosalar natijasida şakllantirilgan.
Şu örinda Zafarjon Vohidov “beşinçi havo erkinligi” tuşunçasiga oydinlik kiritdi:
“Beşinçi havo erkinligi” aviakompaniyalarga öz mamlakatiga parvoz davomida tölov asosida yölovçi va yuklarni bir xorijiy davlatdan boşqasiga taşiş huquqini beradi, ya’ni beşinçi erkinlik nafaqat yölovçilarni A nuqtadan B nuqtaga va A nuqtadan S nuqtaga (B nuqtada vaqtinça qöniş orqali), balki B nuqtadan S nuqtagaça va S nuqtadan B’gaça ham (A->B->C) taşişni anglatadi. Yölovçilarni eng avvalo B nuqtadan S nuqtagaça va S nuqtadan B’gaça amalga oşiriluvçi parvozlar narxining qimmat emasligi ham öziga jalb qiladi. Yölovçilarning bir qismi faqat V nuqtagaça parvoz qilişi munosabati bilan aviakompaniyada V nuqtadan S nuqtagaça parvozda doim böş örinlar böladi va aviakompaniya bu örinlarni maksimal töldirişga harakat qilib, buning uçun maxsus narxlarni qöllaydi. Bu holatda yölovçi köpinça kiçik masofalarga B747/777, A330/A340 turdagi uzoq magistralli samolyotda aviaparvozni amalga oşirişi mumkin böladi”.

















