Bugun, 13 sentabr kuni Senat binosida Oliy Majlis Senati yoşlar, madaniyat va sport masalalari qömitasining yiğilişi bölib ötdi.

Unda yoşlarga oid davlat siyosatini yuritişdagi işlar samarasini oşiriş, şuningdek, Yoşlar ittifoqi bilan vakillik hamda ijro hokimiyati organlarining özaro hamkorligini kuçaytirişning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Yiğilişda yoşlar orasida uçrayotgan muammolardan biri sifatida töy marosimlarining ortiqça dabdaba bilan ötayotgani,  buning oqibatida yangi oila qurgan kelin-kuyovning xonadonida moliyaviy qiyinçiliklar paydo bölişi holati ham bildirilgan.

Mavzu yuzasidan muhokamaga Senatning Yoşlar, madaniyat va sport masalalari qömitasi raisi, şoir Iqbol Mirzo qöşilib, töy marosimi asl milliy odatlarimizga xos tarzda, ortiqça sarf-xarajatlar va dabdababozliklarsiz taşkil etilişi kerakligi  hamda Respublikadagi namunali ötayotgan har bitta töy marosimini markaziy telekanallar orqali yarim soat, qirq daqiqa vaqt davomida namoyiş qilib boriş taklifini bildirgan va "Sizlar nima deysizlar?", deya Madaniyat vazirligi va Yoşlar ittifoqi mutasaddilariga savol bilan yuzlangan. Öz örnida ular senator Iqbol Mirzoning taklifini ma'qullaşgan, deya xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.