O‘zbekistonda Xalqaro ta'lim instituti tashkil etiladi

Foto: Getty Images
Mamlakatda Xalqaro ta'lim instituti tashkil etiladi. Bu haqda 2019 yil 23 avgust kuni Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va jamiyatda o‘qituvchi mavqeini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan yig‘ilish bayonida aytilgan.
Qayd etilishicha, Xalq ta'limi vazirligi (Shermatov), Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi (Majidov), Moliya vazirligi ikki oy muddatda pedagogika sohasida yuksak mahoratli, xalqaro tajriba va metodikalarni mukammal o‘zlashtirgan pedagoglarni tayyorlovchi Xalqaro ta'lim institutini tashkil etish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga asoslangan taklif kiritadi.
Xalq ta'limi vazirligi (Shermatov), Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi (Majidov) 2020 yil 1 yanvardan o‘quvchi-yoshlarda pedagogika kasbiga bo‘lgan qiziqishni oshirish va yoshlar seleksiyasini tashkil etish maqsadida har bir hududda bittadan umumiy o‘rta ta'lim maktablarida 10-11-sinf bazasida “Yosh pedagoglar sinfi”ni tashkil etib, ularning pedagogika yo‘nalishidagi oliy ta'lim muassasalari bilan samarali hamkorligini o‘rnatadi.
Bunda:
pedagogika yo‘nalishidagi oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikda zamonaviy pedagogikaning metodlari va uslublarini o‘rgatishga qaratilgan o‘quv dasturlari tayyorlanadi;
sinflarda oliy o‘quv yurtlarining pedagogika va metodika kafedralari professor-o‘qituvchilarining dars berish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Parlamentda ko‘pchilik bloki tuzildi. Endi muxolifat ham paydo bo‘ladimi?
O‘zbekiston | 15:35
-
Kolumbiya Panama sobiq prezidentiga boshpana taqdim etdi
Jahon | 15:28
-
Shri-Lankada avtobus jarlikka qulashi oqibatida 21 kishi halok bo‘ldi
Jahon | 15:08
-
Zelenskiy Putinning to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish taklifiga javob qaytardi
Jahon | 14:36
Mavzuga oid

11:29 / 28.04.2025
Toshkentda fuqaroni tibbiyot institutiga o‘qishga kiritish evaziga 13 ming dollar olgan shaxs ushlandi

12:20 / 01.04.2025
Bojxona institutida bakalavriatda dual ta’lim asosida o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi

14:10 / 27.02.2025
Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar institutining vazifalari belgilandi

08:45 / 07.08.2024