Özbekiston Respublikasi Prezidenti “Özbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgaça rivojlantiriş konsepsiyasini tasdiqlaş töğrisida”gi farmonni imzoladi. Hujjat matni ÖzA tomonidan e'lon qilindi.

Quyidagilar:

a) Özbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgaça rivojlantiriş konsepsiyasi tasdiqlandi va unda quyidagilar nazarda tutiladi:

oliy ta'lim sohasida davlat-xususiy şeriklikni rivojlantiriş, hududlarda davlat va nodavlat oliy ta'lim muassasalari faoliyatini taşkil etiş asosida oliy ta'lim bilan qamrov darajasini 50 foizdan oşiriş, sohada soğlom raqobat muhitini yaratiş;

Özbekiston Milliy universiteti va Samarqand davlat universitetini mamlakatimiz oliy ta'lim muassasalarining flagmaniga aylantiriş;

respublikadagi kamida 10 ta oliy ta'lim muassasasini xalqaro e'tirof etilgan taşkilotlar (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Higher Education yoki Academic Ranking of World Universities) reytingining birinçi 1 000 ta örindagi oliy ta'lim muassasalari röyxatiga, şu jumladan, Özbekiston Milliy universiteti va Samarqand davlat universitetini birinçi 500 ta örindagi oliy ta'lim muassasalari röyxatiga kiritiş;

oliy ta'lim muassasalarida öquv jarayonini bosqiçma-bosqiç kredit-modul tizimiga ötkaziş;

xalqaro tajribalardan kelib çiqib, oliy ta'limning ilğor standartlarini joriy etiş, jumladan, öquv dasturlarida nazariy bilim olişga yönaltirilgan ta'limdan amaliy könikmalarni şakllantirişga yönaltirilgan ta'lim tizimiga bosqiçma-bosqiç ötiş;

oliy ta'lim mazmunini sifat jihatidan yangi bosqiçga kötariş, ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror rivojlanişiga munosib hissa qöşadigan, mehnat bozorida öz örnini topa oladigan yuqori malakali kadrlar tayyorlaş tizimini yölga qöyiş;

oliy ta'lim muassasalarining akademik mustaqilligini ta'minlaş;

oliy ta'lim muassasalarida ta'lim, fan, innovatsiya va ilmiy-tadqiqotlar natijalarini tijoratlaştiriş faoliyatining uzviy boğliqligini nazarda tutuvçi “Universitet 3.0” konsepsiyasini bosqiçma-bosqiç joriy etiş;

xorijiy investitsiyalarni keng jalb qiliş, pullik xizmatlar kölamini kengaytiriş va boşqa budjetdan taşqari mablağlar hisobiga oliy ta'lim muassasalarida texnopark, forsayt, texnologiyalar transferi, startap, akselerator markazlarini taşkil etiş hamda ularni tegişli tarmoq, soha va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişini tadqiq qiluvçi va prognozlaştiruvçi ilmiy-amaliy muassasalar darajasiga olib çiqiş;