Bugun, 17 oktabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Prezidentning «Özbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgaça rivojlantiriş konsepsiyasini tasdiqlaş töğrisida»gi farmoni ijrosini ta'minlaşga bağişlangan matbuot anjumani ötkazildi.
Unda iştirok etgan mutasaddilar tomonidan OTMlarga qabul kvotalari belgilanişining qanday ijobiy tomonlari borligi haqidagi savolga javob qaytarildi.

«Bugungi kunda davlat granti asosida tahsil olayotgan talabalar işga yönaltiriladi, lekin işga joylaştirilmaydi. Biroq kvota bilimli yoki imkoniyati çeklangan yoşlarni davlat granti asosida tahsil olişlari va ularni qöllab-quvvatlaş uçun ham zarur», - deya ma'lumot berdi Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi boş boşqarmasi boşliği Abduvali Xoliqov.
Tadbirda belgilangan kvotada tölov kontrakti asosida öqiyotgan talabaning stipendiyasiz tölaydigan 6 million sömlik şartnoma puli uning uçun sarflanadigan bir yillik xarajatni töliq qoplamasligi, qolgan miqdor esa davlat tomonidan qoplab berilişi va bu ijtimoiy himoya hisoblanişi haqida ta'kidlab ötildi.
Abduvali Xoliqovning sözlariga köra, yuqoridagi sabablar tufayli tölov-kontrakt asosidagi kvotalar ham zarur hisoblanadi. Biroq hozir xususiy, davlat-xususiy şeriklik asosidagi OTMlarning oçilişi va super-kontraktlar asosida talabalarni qabul qiliş hisobiga oliy ta'lim bilan qamrab oliş foizini oşiriş işlari amalga oşirilmoqda.
«Qamrov oşirilişi bevosita binolar siğimi bilan ham boğliq. Çunki sifatli va barça talablarga javob beradigan bino quriş uçun bir neça yil talab etiladi. Hozir öquv binolari doimiy kengaytirilib va yangilanib borilmoqda. Şuning hisobiga agar 2030 yilda 600 ming öquvçi maktabni bitiradigan bölsa, ularning kamida 300 mingini oliy ta'lim bilan qamrab oliş rejalaştirilgan.
Buning uçun professor öqituvçilarni tayyorlab boriş ham murakkab jarayon sanaladi. Çunki bitta professor öqituvçini tayyorlaş uçun 10 yil muddat talab qilinadi. Bunga doktoranturalar sonini köpaytiriş, xorijda malaka oşiriş işlarini taşkil qiliş orqali bosqiçma-bosqiç erişiladi», - deya vazirlik mas'ulining sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.















