Xalq demokratik partiyasi Özbekistonda ijtimoiy adolat va tenglik, ijtimoiy birdamlik, ijtimoiy demokratiya mezonlariga mos keladigan ijtimoiy demokratik davlat barpo etişni özining oliy maqsadi deb biladi.
Bizning ğoyalar mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni çuqurlaştirişga, xalqimiz turmuşini farovonlaştirişga yönaltirilgan. Davlat va jamiyat tomonidan qöllab-quvvatlaşga ehtiyojmand aholi qatlami manfaatlarini himoya qilişni ustuvor vazifa sifatida belgilab olgan. Bunda qator ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga e'tibor qaratiş lozim. Navoiy viloyatidan Oliy Majlis Qonunçilik palatasiga Xalq demokratik partiyasidan körsatilgan deputatlikka nomzodlarning bu boradagi mulohazalari bilan tanişing:
Obidjon Saidov, pedagog, Navoiy şahridagi “Export fish product” mas'uliyati çeklangan jamiyat direktori, 38-Navoiy saylov okrugidan nomzod:

– Partiyamiz yolğiz keksalar, ota-ona qaramoğisiz qolgan bolalar hamda özgalar parvarişiga muhtoj bölgan nogironlarning hayotiy ehtiyojlariga e'tiborni kuçaytiriş zarur, deb hisoblaydi.
Demak,yolğiz keksalar, ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalar, özgalar parvarişiga muhtoj bölgan nogironlarga ijtimoiy xizmat körsatişda davlat-xususiy şeriklik mexanizmlaridan foydalaniş hamda ijtimoiy tadbirkorlik böyiça ilğor davlatlar tajribasini örganiş oldimizda turgan eng asosiy vazifadir.
Salohiddin Hasanov, veterinariya vraçi, Özbekiston Respublikasi veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş Davlat qömitasi oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi va taşxis işlari boşqarmasi boşliği, 39-Qiziltepa saylov okrugidan nomzod:

– Moliya, Soğliqni saqlaş, Bandlik va mehnat munosabatlari, Xalq ta'limi vazirliklari bilan hamkorlikda nogironlar jamiyatlariga davlat subsidiyalarini ajratiş, davlat sarmoyasi hisobidan nogironlar uçun ixtisoslaştirilgan korxonalar taşkil etiş hamda uşbu korxonalarga ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oşiriş uçun davlat boşqaruvi organlari tomonidan ijtimoiy buyurtma beriş tartibiga doir aniq takliflar işlab çiqiş va hukumatga taqdim etiş bugungi dolzarb masalalardan hisoblanadi.













