Otabek Nuritdinov taxallusi ostida ijtimoiy-siyosiy voqealarga Facebook sahifasi orqali öz munosabatini bildirib kelgan bloger Abdufatto Nuritdinov 15 sutkaga qamaldi.
Tuhmat, haqorat va mayda bezorilikda ayblangan bloger Andijon viloyati ma'muriy sudining 30 dekabrdagi qaroriga asosan BHMning 60 baravari miqdorida jarimaga ham tortilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bölayotgan holat yuzasidan ayni paytda Kun.uz muxbiri suriştiruv ötkazmoqda. Andijon viloyat IIB esa quyidagiça rasmiy izoh bilan çiqdi:
«Fuqaro E.Yakubov huquqni muhofaza qiluvçi organlarga ariza bilan murojaat qilib, «Facebook» ijtimoiy tarmoği orqali «Otabek Nuritdinov» nomli akkaunt egasi tomonidan uni obrösizlantiruvçi, asossiz va tuhmatdan iborat bölgan ma'lumotlarni muntazam ravişda joylaştirib kelayotganligini, şu sababli unga nisbatan qonuniy çora körişni söragan.
Şuningdek, fuqarolar M.Isaqova va F.Buzrukovlar ham «Facebook» ijtimoiy tarmoğidagi «Otabek Nuritdinov» nomli akkaunt egasiga nisbatan qonuniy çora körişni sörab murojaat qilgan. M.Isaqova özining şikoyatida joriy yilning 18 oktabr kuni uning şaxsiyatini şarmanda qiluvçi uydirmalar tarqatib, u va uning jamoasini «korrupsion öçoq» deb haqorat qilganligini bildirib, tuhmat va haqorat qilinganligi, F.Buzrukov esa özining profili orqali «33 million aholi bittadan tuflasa ham tupurgiga çökib ölasan, oynaga bir qaragin, yaxşilab e'tibor berib qaragin» deb uşbu profilga uni tasvirlab, şaxsiyatiga teguvçi «çöçqa» rasmini joylab, uni qattiq haqorat qilganligini bildirgan.
Şuningdek, fuqaro A.Nuritdinov, joriy yilning 30 dekabr kuni soat 10:30da jamoat joyi hisoblangan Asaka tumani Moliya bölimining ma'muriy binosi yonida, jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini qasddan mensimasdan, hokimiyat va davlat idoralarining vakillariga noörin talablar qöyib, fuqaro B.Qohhorovni xaqoratli, uyatli sözlar bilan sökib, fuqarolarning osoyiştaligini buzuvçi xatti-harakatlarni sodir etgan.
Olib borilgan suriştiruv harakatlari davomida fuqaro A.K.Nuritdinov tomonidan Özbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 40-(tuhmat), 41-(haqorat) va 183-(mayda bezorilik) moddalarida körsatilgan huquqbuzarliklarni sodir etganligi aniqlanib, töplangan hujjatlar örnatilgan tartibda Andijon viloyati Ma'muriy sudiga yuborilgan.
2019 yilning 30 dekabr kuni Andijon viloyati Ma'muriy sudining qaroriga asosan, fuqaro Nuritdinov Abdufatto Kamolitdinoviçga nisbatan:
Özbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 40-moddasi bilan BHMning 30 baravari miqdorida 6.690.000 söm jarima jazosi;

















