Özbekistonda normativ-huquqiy hujjatlar va ularning rasmiy şarhi yuzasidan Konstitutsiyaviy sudga murojaatlar qiliş tartibi soddalaştiriladi, uning sub'yektlari doirasi kengaytiriladi.
2017-2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasini “Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantiriş yili”da amalga oşirişga oid davlat dasturi loyihasida aytilişiça, 2020 yil 1 avgustga qadar Özbekiston Respublikasi qonuni loyihasi işlab çiqiladi.
Loyihada:
Qonunçilik palatasi deputati, Senat a'zosi va Konstitutsiyaviy sud sudyasi tomonidan individual tartibda Konstitutsiyaviy sudga masala kiritiş tartibini belgilaş;
Konstitutsiyaviy sudda körib çiqiş uçun masalalar kiritiş huquqiga ega bölgan sub'yektlar qatoriga jismoniy va yuridik şaxslar, Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş böyiça vakil, Inson huquqlari böyiça Özbekiston Respublikasi milliy markazi, viloyatlar va Toşkent şahar xalq deputatlari Kengaşlarini kiritiş nazarda tutiladi.
Ijro uçun mas'ullar - Konstitutsiyaviy sud, Oliy Majlis palatalari (kelişuv asosida), Qonunçilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti, xalq deputatlari viloyat, tuman va şahar kengaşlari.

















