4 aprel kuni Xalq deputatlari Marğilon şahar Kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi bölib ötdi. Sessiyada taşkiliy masala körilib, şahar hokimi vazifasini bajarib kelgan Mirzohid Ubaydullayev boşqa işga ötişi munosabati bilan öz lavozimidan ozod etildi.
Kun.uz manbasi xabar berişiça, viloyat hokimi Şuhrat Ğaniyev şahar hokimi lavozimiga Adhamjon Töxtasinoviç Ziyovuddinov nomzodini tavsiya qilgan. Muzokaralardan söng, körsatilgan nomzod deputatlar tomonidan Marğilon şahar hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Ma'lumot uçun, Adham Ziyovuddinov 2011 yildan buyon Farğona viloyati Quvasoy şahar hokimi lavozimida işlab kelayotgandi.
U, şuningdek, 2010 yilda Özbekiston Respublikasi Harbiy prokurorining örinbosari va 2011 yilda Boş prokuratura huzuridagi Soliq, valutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallaştirişga qarşi kuraşiş departamentining Namangan viloyati boşqarmasi boşliği lavozimida ham işlagan.
















