Vazirlar Mahkamasining “Elektron hukumatning idoralararo axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarining Yagona reyestrini şakllantiriş va yuritiş tartibi töğrisidagi Nizomni tasdiqlaş haqida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi, Axborotlaştiriş va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat böyiça davlat inspeksiyasi va “Kiberxavfsizlik markazi” davlat unitar korxonasining “Elektron hukumatning idoralararo axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarining Yagona reyestri” va “Elektron hukumatning ma'lumotnomalar va klassifikatorlar registri” axborot tizimlarini yaratiş töğrisidagi takliflariga rozilik beriladi.
Quyidagilar:
“Elektron hukumatning idoralararo axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarining Yagona reyestri” axborot tizimini şakllantiriş va yuritiş tartibi töğrisidagi Nizom;
“Elektron hukumatning ma'lumotnomalar va klassifikatorlar registri” axborot tizimini şakllantiriş va yuritiş tartibi töğrisidagi Nizom tasdiqlanadi.
Şunday tartib belgilanadiki, unga köra:
“Elektron hukumatning idoralararo axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarining Yagona reyestri” axborot tizimiga nizom jamğarmasida 50 foiz va undan ortiq davlat uluşiga ega davlat organlari va taşkilotlarining idoralararo axborot tizimlari, resurslari şuningdek, boşqa dasturiy mahsulotlari kiritiladi;
davlat organlari va taşkilotlariga Yagona reyestrga kiritilgan idoralararo axborot tizimlarining funksional vazifalarini takrorlaydigan axborot tizimlarini işlab çiqiş va foydalaniş taqiqlanadi;
davlat organlari va taşkilotlari idoralararo elektron hamkorlikda elektron hukumatning ma'lumotnomalar, klassifikatorlar va yagona identifikatorlaridan foydalanişga majburdirlar.
Belgilanişiça:
Özbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi Yagona reyestr va “Elektron hukumatning ma'lumotnomalar va klassifikatorlar registri” axborot tizimini şakllantiriş va yuritişga vakolatli, operator hisoblanadi.
“UZINFOCOM davlat axborot tizimlarini yaratiş va qöllab-quvvatlaş böyiça yagona integrator” MÇJ Yagona reyestr va “Elektron hukumatning ma'lumotnomalar va klassifikatorlar registri” axborot tizimini texnik işlaşini ta'minlaydi.
















