
Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qömitasi raisi Qutbiddin Burxonov Andijon şahar Içki işlar boşqarmasi xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlariga munosabat bildirdi va jinoyat işining ayrim detallarini oşkor qildi.
Ma'lum qilinişiça, Andijon şahar içki işlar organlarining rahbari hisoblangan Sodiq Usmonov Özbekiston içki işlar vaziri Pölat Bobojonovning 14 iyun kungi buyruği bilan egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.
«Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon şahar içki işlar boşqarmasi xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlari bir fuqaroning hayotiga zomin bölganligi bilan boğliq holat keng muhokama etilayotir. Uşbu holat böyiça ötkazilgan xizmat tekşiruviga köra, Andijon şahar Içki işlar boşkarmasi Jinoyat-qidiruv bölimi tezkor vakili E.Rayimjonov hamkasblari F.Xusanboyev va Q.Qodirovlar bilan birga fuqaro A.Sotvoldiyevning qimmatbaho toşini olib, qaytarib bermayotgan A.Abdukarimovga nisbatan qonuniy çora körişni sörab yozgan arizasi yuzasidan özboşimçalik bilan tekşiruv olib borişgan.
2020 yil 29 may keçasi Andijon şahar Navröz mahallasida yaşovçi A.Abdukarimovning xonadoniga tezkor vakil E.Rayimjonov F.Xusanboyev bilan birga borib, uni Içki işlar bölimi ma'muriy binosiga olib kelib psixologik va jismoniy bosim ötkazib, 30 may ertalab soat 06:00ga qadar noqonuniy uşlab turib, uning huquqlari, qonuniy manfaatlari va soğliğiga jiddiy zarar yetkazganlar.
Oqibatda, fuqaro tan jarohat olib, huşini yöqotgan va respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon viloyat filialiga yotqizilgan. Jabrlanuvçi A.Abdukarimovga şifokorlar tomonidan zarur tibbiy yordam körsatilişiga qaramasdan, olgan oğir tan jarohatlari tufayli fuqaro 2020 yil 11 iyunda vafot etgan.
Joriy yilning 30 may kuni Andijon şahar prokuraturasi tomonidan katta leytenant F.Xusanboyev, katta leytenant E.Rayimjonov va katta leytenant Q.Qodirovlarga nisbatan jinoyat işi qözğatilib, qamoqka oliş ehtiyot çorasi qöllangan.
Şu örinda aytiş kerakki, Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qömitasi tomonidan joriy yilning may oyida ötkazilgan huqubuzarliklar profilaktikasi, jinoyatçilikka qarşi kuraşiş holatini örganiş jarayonida Andijon şahar içki işlar idoralari faoliyatidagi bir qator salbiy holatlar qayd etilib, IIO FMB boşliği podpolkovnik Sodiq Usmonovning egallab turgan lavozimiga qançalik loyiq ekanligi masalasi kötarilgan edi. Bu jihat Qömitamizning 25 may kuni Andijon viloyatida ötkazilgan sayyor majlisida qabul qilingan qarorda ham aks ettirilgan.












