«Özbekiston temir yöllari» aksiyadorlik jamiyati tomonidan Rossiyaning Novoçerkassk şahrida joylaşgan «Transmaşxolding» aksiyadorlik jamiyati bilan tuzilgan hamkorlik loyihasiga köra, 2018 yilda 2 ta, 2020 yilning iyul oyida esa yana 2 ta 3 seksiyali uşbu korxonada işlab çiqarilgan yangi «Ermak» nomli elektrovoz keltirilib, ekspluatatsiya qilingan edi. Navbatdagi keltirilgan elektrovozlar ham ana şu hamkorlikning uzviy davomidir, deyiladi kompaniya xabarida.
Taqdimot marosimida «Özbekiston temir yöllari» aksiyadorlik jamiyati boşqaruvi va mas'ul tarkibiy bölinmalari rahbarlari, şuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdi. Tadbirda mutaxassislar yangi elektrovozlarning yuklarni taşiş jarayonida muhimligini alohida ta'kidladilar.

– Bugungi kunda «Özbekiston temir yöllari» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi pölat izlarning umumiy uzunligi 7 ming 500 kilometrdan oşdi, şu bilan birga, elektrlaştirilgan uçastka yöllari soni ham köpayib bormoqda, – deydi Lokomotiv boşqarmasi boşliği örinbosari Akmal Soriyev. – Bu turdagi lokomotivlar soni endi 7 tani taşkil etmoqda. Elektrovozdagi kompyuterlaştirilgan tizimi elektron qurilmalarning işlaş umrini uzaytiradi va xavfsizlikni ta'minlaşga hissa qöşadi. Undan taşqari uşbu elektrovozlar texnik körigi ham oldingi elektrovozlardan farq qiladi. Ya'ni oldingi elektrovozlar uç kunda bir marta texnik körikdan ötsa, bu elektrovozlar 10 kunda bir marta texnik körikdan ötkaziladi.
Mazkur elektrovozlar Toşkent, Qarşi hamda Buxoro mintaqaviy temir yöl uzellar unitar korxonalari hududidagi Toşkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Qarşi viloyati yönalişlarida harakatlanadigan yuk poyezdlariga xizmat körsatadi.













