Özbekistonda kambağallikka qarşi kuraş: Nobelçilar tajribasi, Bökadagi örganiş va kutilayotgan natijalar haqida
|19:09 / 03.11.202016 56210 min
Nobel sovrindorlarining tajribasidan Özbekistonda foydalaniş haqidagi xabar jamoatçilikda qiziqiş uyğotdi. Negaki, 2019 yili Abxijit Benarji va uning turmuş örtoği Ester Dyuflo kambağallikni qisqartiriş borasida qöllagan eksperimentlari uçun Nobel mukofotiga loyiq körilgandi. Özbekistonda kambağallikka qarşi kuraşda ularning tajribasi qançalik qöl keladi? Mamlakatda kambağallikka qarşi kuraşiş işlari qanday davom etyapti? Uşbu savollarga Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori Obid Hakimov javob berdi.
1977 yilda Termiz şahrida tuğilgan Obid Hakimov dastlab Toşkent Moliya instituti, söngra 2000-06 yillarda AQŞning Vanderbilt va Middl Tennessi universitetlarida tahsil olgan. Şu paytga qadar u Toşkentdagi Vestminster xalqaro universiteti, Davlat boşqaruv akademiyasi hamda Prezident Adminstratsiyasida mehnat faoliyatini olib borgan.
— Kambağallik nima?
— Köpgina mamlakatlarda kambağallik absolyut ölçovlar orqali ölçanadi. Masalan, bitta odam ma'lum miqdordan kam daromad yoki kam iste'mol qilayotgan bölsa, şu odam kambağal hisoblanadi. Butun dunyoda odam özining minimal funksiyalarini bajariş uçun kerak böladigan kilokaloriyani(kkal) oliş uçun iste'mol qilinadigan oziq-ovqat miqdori tuşuniladi. BMT 1800 kkaldan past oziq-ovqat iste'mol qilayotgan odamlar haqiqiy kambağal hisoblanişini ta'kidlaydi.Kambağallikning nisbiy ölçamlarida köp rivojlangan mamlakatlarda töyib ovqat yemaslik muammolari yöq. Ularda barça aholining olayotgan daromadi taqsimotida eng past 20 foiz daromadli aholi kambağal sanaladi. Yana bir ölçam minimal iste'mol savatçasi bölib, bu yerda faqat oziq-ovqat emas, xizmatlar, nooziq-ovqat mahsulotlar, minimal xizmatlar kabilar qöşiladi. Mamlakatlar özlaridagi kambağallik darajasini mana şunday turli ölçamlar bilan aniqlab, söngra aholi darajasini kötariş böyiça öz siyosatlarini amalga oşirişadi.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori Obid Hakimov
— Aytib ötilgan omillardan Özbekistonda qaysi biriga köp ahamiyat berilyapti?
Mavzuga oid
— Özbekistonda kambağallik haqidagi gaplar 2020 yilning boşidan boşlandi. Prezident Şavkat Mirziyoyevning parlamentga murojaatida bu masala kötarildi. Davlat rahbari mamlakatdagi kambağallik körsatkiçi 10-15 foiz oraliğida ekanini aytgandi. Bu raqam qayerdan kelgan? Ta'kidlanganidek, odamlarning kunlik minimal xarajatlari bor. Örta past daromadli mamlakatlar uçun uşbu mezon 3,2 AQŞ dollarini taşkil etadi. Bunda 3,2 dollar aynan emas, şu qiymatda turli davlatlarda tölov qobiliyati mahalliy valutadagi raqamga özgartiriladi. Ya'ni xarid qiliş qobiliyati paritetining konvertatsiya koeffitsiyenti (
PPP conversion factor
) har yili Jahon banki tomonidan e'lon qilinadi. Masalan, 2018 yil Özbekiston uçun 1 AQŞ dollarining PPP qiymati 1784 söm etib belgilangandi. 2020 yilda bajarilgan hisob-kitobga köra, kişi boşiga 3,2 AQŞ dollari, ya'ni 5,600 söm töğri kelib, Özbekistonda şunça mablağ işlab topgan odam kambağal emas. Şu ölçam asosida,
Özbekistonda kambağallik körsatkiçi 9-10 foiz atrofida etib belgilangan.
— Özbekistonda kambağal deb topilgan aholining bu holga qanday tuşgani, hozirda qanday yaşayotgani örganilganmi?
— Özbekistonda kambağallikni kompleks örganiş uçun şu yilning 29 sentyabr kuni prezident tomonidan Özbekistonda kambağallikni örganiş böyiça jahon tajribasiga mos ravişda katta va keng tadqiqotlar ötkazişga topşiriq berildi. Bu tadqiqotlarga 2019 yilda Nobel mukofotini olgan Ester Dyuflo va Abxijit Benarjining tadqiqotlari asos qilib olingan. Bu böyiça davlat xizmatçilari, kambağallikka qarşi kuraşayotgan odamlarda kambağallik töğrisida kompleks fikrlaşni yölga qöyiş kerak edi. Köpinça odamlar bilan suhbatda ma'lum böladiki, iş topib yoki kredit olib, biror iş qiliş orqali kambağallikdan çiqib ketiş mumkin, degan fikr bor. Aholining qöliga pul beriş kambağallikdan çiqarişda yaxşi samara bermaydi. Çunki bunga kompleks yondaşuv kerak. Bu masala bilan şuğullandigan xizmatçilarga aholi uçun ta'lim, ijtimoiy himoya, soğliqni saqlaş masalalarining qançalik dolzarb ekani haqida töliq ma'lumot berildi.
Kambağallikdan özidan özi daromad bilan çiqib ketiş qiyin. Masalan, kimgadir pul bersam, u öz sohasi, soğliği, uyidagi muhit, farzandlari soğliği va ta'limiga e'tibor qaratmasa, özini kambağallikdan çiqariş ustida işlamasa, ertaga yana kambağallik qopqoniga tuşib qolaveradi. Şuning uçun, kambağallikni qisqartirişga kompleks yondaşiş kerak.
Şuningdek, ijtimoiy himoya tizimimiz qanday bölişi kerakligi ham inobatga olinişi kerak. Masalan, ijtimoiy himoya tizimimiz bu faqat berilayotgan yordam emas, kambağallikdan çiqariş uçun berilayotgan yordam hisoblanadi. Köpgina mamlakatlarda fuqaro ijtimoiy himoyani olayotganda muayyan şartga rozilik beradi. Masalan, har 2 oyda bolalarini şifokor körigidan ötkazmasa, öz soğliğiga e'tibor qaratmasa, bolalarning maktabga borişini töliq ta'minlamasa, ijtimoiy nafaqa töxtatilişi haqida ogohlantiriladi. Xuddi şunday biz Böka va Çinoz tumanlarida 1100dan ortiq uylarga borib, butun uyni töliq sörovnomadan ötkazdik va sörovnoma böyiça tahlillarni amalga oşiryapmiz.
— Bu tahlil va örganişlardan kutilayotgan natija nima böladi?
— Birinçi navbatda, biz odamlarni qanday ölçovlar asosida «Temir daftar»ga kiritiş kerakligi böyiça tahlilni amalga oşirişimiz kerak. Ya'ni kambağallik me'zonlarini aniqlab, bu holatda Özbekistonda qaysi çora samara berişini topişimiz kerak. Şu orqali kelgusida Özbekistonda kambağallikni qisqartiriş strategiyasiga takliflar işlab çiqamiz.
— Çekka hududlarda toza içimlik suvi, tabiiy gaz va elektr tanqisligi muammosi bor. Bular ham kambağallikka tortuvçi omillar böladimi?
— Ha. Masalan, jahon tajribasida oddiy kanalizatsiyaning yöqligi qişloq joylarida infeksion kasalliklarning tez tarqalişi va asosan yoş bolalarga yuqişi orqali ularning rivojlaniş jarayoniga keskin ta'sir qilişi isbotlangan. Natijada bolaning maktabdagi faoliyatiga ta'sir qilib, inson kapitalining rivojlanişiga tösqinlik qiladi.
Xususan, içimlik suvi yöqligi ham gijjalarning paydo bölişi va bu bolaning maktabda darsni past özlaştirişiga sabab böladigan omil hisoblanadi.
Şuningdek, kanalizatsiya, tabiiy gaz va elektrning yöqligi soğliqqa ta'sir qiladi. Natijada odam köproq samarasiz xarajatlarni qiladi. Masalan, Bökada «Temir daftar»ga kiritilgan bir oilaning 5 nafar farzandi bor. Ularning har biriga pandemiya davrida yangi öquv mavsumiga tayyorlaniş uçun 500 mingdan 2 yarim million berilgan. Ammo pul bolalar öquv quroli yoki ta'limi uçun emas, ularning onasi orttirib olgan kasallikni davolaş uçun sarflangan.
— Şahar joylarda, nisbatan şaroit yaxşi bölgan joylarda aholi uy-joy bilan ta'minlanmaydi, nooziq-ovqat mahsulotlari, masalan, issiq havoda xonaga konditsioner sotib olişga qurbi yetmaydi. Şunday holatda ham ular kambağal sifatida e'tirof etilişi mumkinmi?
— Bu - nisbiy kambağallik. Kambağallik böyiça eng muvaffaqiyatli tajriba Xitoyda kuzatilgan. U ötgan asrning 80 yilidan beri 900 million odamni kambağallikdan çiqargan yagona davlat. Ularda kambağallikdan çiqarişda odamlarda oziq-ovqat va kiyim-keçak bölişi kerakligi minimal talab bölgan. Undan keyin ta'lim, soğliqni saqlaş va uy-joy bilan ta'minlaş reja qilingan. Kambağallikning aniq retsepti yöq. Bizning tadqiqotlarimiz ham qaysi holatda, qanday çora samara berişini körib hisoblab çiqmoqçimiz.
— Nobel mukofoti sovrindorlari Ester Dyuflo va Abxijit Benarjining tajribasi va biz undan qanday foydalanişimiz haqida aytsangiz.
— Ular AQŞning Massaçusets Texnologiyalar instituti qoşida laboratoriya oçgan. Hozir biz ham öşa laboratoriya bilan hamkorlikni yölga qöymoqçimiz. Bu laboratoriya bir neçta mamlakatlarda kambağallikka qarşi kuraş böyiça qator tajribalarni ötkazib keladi. Şulardan biri bolalarni maktabga jönatiş va ularning maktabga bormasligining oldini oliş böyiça maktabda oziq-ovqatni taşkil qiliş tajribasi hisoblanadi. Köp kambağal oilalar kiyimi yöqligi sabab maktabga bormasligini aytadi. Maktabda bolaga kiyim yoki ovqat beriş uning bilim darajasiga qançalik ta'sir qilişi kabi tajribalarning kambağallikni qisqartirişga ta'sirini örganişgan.
Tajriba davomida Bökadagi xonadonlarni kunlik iste'molini örgandik, agar dunyo miqyosida örtaça iste'mol kkal 2100 bölsa, bizda 2300 kkalga töğri keladi. Bökada 1 kunda 1 nafar odam 2300 kkal iste'moli uçun 9300 sarflanyapti. Şunda, 2100 kkal örtaça 8500 sömga tuşyapti. Bu Böka tumanida 5 kişi yaşayotgan oila uçun 42500 söm kambağallik çegarasi hisoblanadi. Endi bu minimum oziq-ovqat narxining şahar yoki qişloq joylardagi narxiga qarab past böladi yoki baland böladi.
— Demak, biz bu tadqiqotlar natijasida iste'mol savatçasini ham qabul qilişimiz mumkin böladimi?
— Iste'mol savatçasini hisoblaş Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligiga topşirilgan. Ular özlarining hisob-kitoblarida bizning tadqiqot natijamizdan foydalanişadi.
Obid Hakimov suhbat davomida kambağallikni qisqartiriş borasida Özbekistonda kutilayotgan özgarişlar, rejadagi işlar haqida gapirib ötdi. Şuningdek, ijtimoiy xizmatlarni yaxşilaş borasida öz mulohazasini bildirdi.
Suhbatni Youtube orqali töliq tomoşa qilişingiz mumkin.
Alişer Rözioxunov suhbatlaşdi.
Tasvirçi va montaj ustasi – Otaxon Yusupov.