Klub vakillari bergan ma'lumotga ko‘ra, 10 kun davomida jami 13 043 kishidan ariza kelib tushgan.
Yakka tartibda ro‘yxatdan o‘tish maqsadida jami 11 111 nafar talabgor ariza topshirdi. Shuningdek, 1 932 kishi 322 ta jamoaga birlashgan holda ro‘yxatdan o‘tdi.
Ariza berganlarning –
- 6307 nafari (48,4%) – oliy ta'lim muassasasi talabasi;
- 4771 nafari (36,6%) – ishchi-xizmatchi;
- 791 nafari (6,1%) – vaqtincha ishsiz;
- 583 nafari (4,5%) – maktab o‘quvchisi;
- 295 nafari (2,3%) – kollej, akademik litsey yoki texnikum o‘quvchisi;
- 255 nafari (2%) – abituriyent;
- 41 nafari (0,3%) – pensionerlardir.
Hududlar kesimida eng ko‘p ariza poytaxtdan kelib tushgan:
- Toshkent shahri – 3761 nafar;
- Toshkent viloyati – 1257 nafar;
- Samarqand – 1054 nafar;
- Qashqadaryo – 1026 nafar;
- Farg‘ona – 1004 nafar;
- Andijon – 791 nafar;
- Buxoro – 672 nafar;
- Jizzax – 657 nafar;
- Namangan – 557 nafar;
- Xorazm – 525 nafar;
- Surxondaryo – 503 nafar;
- Navoiy – 491 nafar;
- Sirdaryo – 418 nafar;
- Qoraqalpog‘iston– 327 nafar.
Keyingi bosqichda yakka tartibda ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar o‘rtasida intellektual kasting o‘tkaziladi. Bundan maqsad – eng avvalo ularning bilimlarini sinash; ikkinchidan, ularni 6 kishilik jamoalarga birlashtirishdir.
Jamoa bo‘lib ariza yuborganlar o‘rtasida kasting o‘tkazilmaydi va ular to‘g‘ridan to‘g‘ri breyn-ring turnirida ishtirok etishadi.
Toshkent shahri hamda hududlarda intellektual kasting o‘tkaziladigan sana, joy va tartibi tez orada e'lon qilinadi, deyiladi rasmiy relizda.
Breyn-ring formatidagi intellektual turnir 27–28 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi. Unda ishtirok etish bepul.
Sovrin jamg‘armasi 130 million so‘mgacha oshirilgan. 1-o‘rin uchun 100 mln, 2-o‘rin uchun 20 mln va 3-o‘rin uchun 10 mln so‘m mukofot ko‘zda tutilgan.









