24 fevral kuni ayrim telegram kanallarida Özbekistonda Siam egizaklari dunyoga kelgani haqida xabar tarqaldi. Uşbu xabarda onada homiladorlik davridagi şamollaş tufayli embrion hujayralarida özgarişlarga sabab bölgani va çaqaloq şu ahvolda dunyoga kelgani aytilgan.

Soğliqni saqlaş vazirligi matbuot xizmati vaziyatga aniqlik kiritiş maqsadida vazirlikning Bolalikni muhofaza qiliş bölimi boşliği Nilufar Mansurova bilan boğlandi. Nilufar Mansurova ayni paytda respublikadagi birorta tuğruq muassasasida bunday çaqaloq tuğilgani qayd etilmaganini ma'lum qilgan. 

Soğlikni saqlaş vazirligi ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvçilaridan bunday asoslanmagan ma'lumotlarga işonmaslikni sörab, tarmoqlar ma'murlariga aholi orasida yolğon va asossiz xabarlar tarqatiş ma'muriy hamda jinoiy javobgarlik belgilangani haqida eslatib ötgan.