Fanlar akademiyasi xabariga köra, uskunalar prezidentning olimlar bilan bölgan uçraşuvida bergan topşiriği asosida olib kelingan bölib, uning qurilma işçi çastotasi 600 MGs.ga teng. Mazkur yadro magnit rezonansi spektrometri nafaqat respublikada, balki Markaziy Osiyoda yagona hisoblanadi.

«YaMR spektrometrida olingan spektral ma'lumotlar organik kimyo, farmatsevtika, tibbiyot, kimyo, oziq-ovqat sanoati hamda ösimliklarni himoya qiliş vositalari işlab çiqiş sohalarida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarda kimyoviy molekulalar tuzilişini va stereokimyosini tadqiq qiliş, istiqbolli biologik faol birikmalarni aniqlaş, ularning kimyoviy modifikatsiyalari, transformatsiyalari va sintez mahsulotlarini ham sifat, ham miqdor jihatidan tadqiq qiliş, «tuziliş-faollik» boğliqligini örganiş, şuningdek, dori vositalarining özaro va biologik nişonlar bilan ta'sirlaşiş mexanizmlari hamda metabolizm mexanizmlari, ular işlab çiqarilişini nazorat qiliş va preparatlar standart namunalarini tayyorlaş uçun ahamiyatli», deyiladi akademiya ma'lumotida.

Zamonaviy YaMR spektrlari natijalari asosida impakt faktori yuqori bölgan xalqaro ilmiy jurnallarda maqolalar naşr etiş, birinçi marta olingan birikmalar, jumladan dori vositalari uçun farmatsevtika ilmiy-texnik hujjatlari va patentlarni rasmiylaştiriş mumkin.

Hozirda uşbu uskunalar Ösimlik moddalari kimyosi institutining Fizikaviy tadqiqot usullari laboratoriyasida örnatilgan va işga tuşirilgan.